Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:42

OzodDayjest: Davlat test markazi monopoliyasiga barham berish taklif etilmoqda


Test topshirayotgan abiturientlar (illyustrativ surat).
Test topshirayotgan abiturientlar (illyustrativ surat).

Bozorlarda sun’iy tuxum sotilayotgani haqidagi xabarga aniqlik kiritildi. Matbuot O‘zbekistonda test jarayoni Davlat test markazi nazoratida qolayotgani va bugun ushbu monopoliyaga barham berish vaqti kelgani haqida yozmoqda. Bosh prokuror Sirdaryoda jinoyatchilikka qarshi kurash holatini tanqid qildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

O‘zbekiston bozorlarida sun’iy tuxum sotilayotgani haqidagi ovoza rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bozorlarida sun’iy – “rezina” tuxumlar sotilayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Hamza Mardiev mazkur xabarlarni rad etdi (“Darakchi”, 28 fevral). Qayd etilishicha, O‘zbekistonda tuxum shundoq ham arzon (350 so‘mdan 700 so‘mgacha) va mahsulotning sun’iylashtirishga ehtiyoj yo‘q. “Iste’molchilarga dadil aytamizki, bizning respublikada sun’iy tuxum yo‘q. “O‘rikzor” bozoridagi tuxumlar tekshiruvi natijasi buning isboti”, degan H. Mardiev. Qayd etilishicha, bozorda qimmat narxda tuxum sotuvchi shaxslar o‘z mahsulotlarini bahosini tushirmaslik va arzon tuxumlarni “yomonotliq” qilish maqsadida mish-mish tarqatib xaridorlarni chalg‘itishga urinayotgan bo‘lishi mumkin. Tibbiyot fanlari doktori Muyassar Muhamedovaga ko‘ra, kimyoviy yo‘l bilan olinadigan “rezina” tuxumlar iste’moli asab tizimini ishdan chiqaradi, aqliy faoliyatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekistondagi test islohoti Rossiyada tanqidga uchragan YeGE tizimini esga solmoqda

O‘zbekistonda 2020 yildan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonida test topshiriladigan fanlar 3 tadan 5 taga yetadi (“Inson va qonun”, 26 fevral). Davlat test markazi ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarini majburiy qilmoqchi. Abiturientlar, shuningdek, ikkita ixtisoslik fani bo‘yicha test topshirishi talab etiladi. “Bu taklif Rossiyada 2009 yildan beri amal qilib kelayotgan va bugun samarasizligi tufayli ko‘plab tanqidlarga uchrayotgan YeGE tizimini esga solyapti”, deb yozadi gazeta. Ayni paytda, test jarayoni Davlat test markazi nazoratida qolayotgani va bugun ushbu monopoliyaga barham berish vaqti kelgani ta’kidlangan. Qayd etilishicha, abiturientlarning bilimlarini baholash autsorsing asosida boshqa ta’lim tashkilotlariga ham topshirilishi mumkin. Masalan, o‘zbek tili bo‘yicha yagona standart Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, tarix va matematika bo‘yicha standartlar yana boshqa universitetlarga topshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Bosh prokuror Sirdaryoda jinoyatchilikka qarshi kurash holatini tanqidiy baholadi

Bosh prokuror Otabek Murodov boshchiligidagi yig‘ilishda Sirdaryo viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurash holati tanqidiy baholandi (“Postda”, 23 fevral). Qayd etilishicha, Guliston va Sirdaryo tumanidagi dam olish maskanlarida huquqbuzarliklar tez-tez sodir bo‘lmoqda. Oila-turmush doirasidagi jinoyatlar ham yuqoriligicha qolmoqda. Hisobot davrida 297 ta jinoyat yoshlar, 272 ta jinoyat xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan. Viloyatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ham talab darajasida emas. Binobarin, o‘tgan yili ro‘y bergan 460 ta yo‘l-transport hodisasining 64 tasi o‘lim bilan yakun topgan. Majlisda raqamlar ketidan quvish emas, jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha amaliy ishlar qilish lozimligi ta’kidlangan.

XS
SM
MD
LG