Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 06:12

O‘zbekiston majburiy mehnatga qarshi xalqaro konvensiyaga qo‘shildi


Oliy Majlis Senati 28 fevral kuni Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat me’yorlarining qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-son konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Mazkur konvensiya Jenevada 1976 yilning 21 iyunida qabul qilingan edi.

Xabarda aytiliishcha, 144-son konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi samaradorligini oshiradi, Xalqaro mehnat tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda mamlakatning ijobiy imidjini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur konvensiyani shu kungacha 139 davlat ratifikatsiya qilgan.

Mehnat va bandlik vaziri o‘rinbosari Erkin Muhitdinovning Senat yig‘ilishida bildirishicha, bu konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi o‘zbek paxtasiga boykot bekor qilinishiga turtki beradi.

Muhitdinovga ko‘ra, AQShda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida hukumat xalqaro Cotton Campaign koalitsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilish yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlardan iborat “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqqan. “Yo‘l xaritasi” Cotton Campaign koalitsiyasiga taqdim etilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboeva rahbarligidagi delegatsiya xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘zbek paxtasiga e’lon qilingan boykotni to‘xtatish masalasida muzokaralar olib borish uchun 4 fevralda AQShga borgan edi.

O‘nlab huquqni himoya qilish tashkilotlaridan iborat bo‘lgan Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2010 yilda O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtaga boykot e’lon qilish tadbirini boshlagan edi. Bunga O‘zbekistonda bolalar va kattalar paxta terimida majburiy mehnatga jalb etilayotgani asosiy sabab bo‘lgan.

Boykotga Nike, Zara, GAP, Levi"s, H&M, UNIQLO va boshqa jahonga mashhur brendlar qo‘shilgan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG