Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:46

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Qatarda Tolibon amirining muovini bilan uchrashdi


Dohada Tolibon rahbarlari va AQSh rasmiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda
Dohada Tolibon rahbarlari va AQSh rasmiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar poytaxti Doxada 3 mart kuni Tolibon amirining muovini mullo Abdulg‘ani Barodar bilan uchrashdi.

Tolibon harakati 4 mart kuni tarqatgan bayonotda aytilishicha, uchrashuv paytida Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi uchun har qanday hamkorlikka tayyor ekanini aytgan.

Shu bilan birga Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Afg‘oniston ichki ishlariga aralashish niyati yo‘qligini bildirgan.

Biz Afg‘oniston xalqi ravnaqi uchun iqtisodiyot sohasida ishlashga harakat qilyapmiz va Afg‘oniston ichki ishlariga aralashish niyatimiz yo‘q,” deb aytgan Abdulaziz Komilov.

Uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev ham qatnashgan.

Mullo Barodar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston sarflayotgan say-harakatlar uchun minnatdorchilik bildirgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Tolibon amirining muovini bilan Tolibon va Qo‘shma Shtatlar rasmiylari o‘rtasida Qatarda tinchlik muzokaralari bo‘lib o‘tayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Boshqa tarafdan 4 mart kuni Afg‘oniston prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidullo Muhib hukumat rasmiylari bilan uchrashish uchun Toshkentga yo‘l oldi.

Afg‘oniston Milliy Xavfsizlik Kengashi so‘zchisining muovini Abdulkabir Vosiqning Ozodlikka aytishicha, Toshkentdagi uchrashuvlar markazida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasi turadi.

Milliy Xavfsizlik Kengashining maslahatchisi ikki kunlik safar bilan Toshkentga yo‘l oldi. Mintaqaviy hamkorlik, terrorizmga qarshi kurash, Afg‘onistonda tinchlik jarayoni va narkotiklarga qarshi kurash masalalari yuzasidan fikr almashinadi,” dedi Abdulkabir Vosiq.

Abdulaziz Komilovning Qatarga safarini yoritgan Tashqi ishlar vazirligi saytida Tolibon rahbarining muovini bilan uchrashuv haqida hozircha xabar berilmadi.

4 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri qatarlik hamkasbi Sulton bin Saad al-Mureyxiy bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

Tashqi ishlar vazirligi saytida berilishicha, muzokarada ikkitomonlama hamkorlik va xalqaro miqyosdagi masalalar muhokama qilingan.

XS
SM
MD
LG