Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 01:56

SpaceX shirkatining Dragon kapsulasi XFSga yetib bordi


Amerikada joylashgan SpaceX shirkatining Dragon ekipaj tashuvchi kapsulasi Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) yetib bordi.

Shanba kuni ekipajsiz uchirilgan kapsula sinovning ilk bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Kapsulaning XFSga ulanishini stansiyada uch fazogir kuzatib turgan.

Olti kunga cho‘ziladigan demonstratsiya yaxshi o‘tsa, yozda Dragon bortida ikki nafar NASA fazogiri XFSga yuborilishi mumkin. Bular Daglas Xyorli va Robert Benken bo‘lib, ular Dragon kapsulasining XFSga ulanishini Kaliforniyada boshqaruv markazidan kuzatib turishdi.

Bugunga qadar SpaceX xodimlari Dragon bortida XFSga bir necha marta yuk yubordi. Ammo bu safargi kapsula o‘zgacha bo‘lib, u robotlar yordamisiz mustaqil XFSga ulana oladi.

Yakshanba kuni o‘tkazilgan tajriba davomida XFS fazogirlari kapsulaga bir necha buyruq berib, uni sinab ko‘rishdi.

XFS fazogirlari kapsula bortida yuborilgan yuklarni olib, SpaceX xodimlarini tabriklashdi. Kapsula bortida fazogirlar uchun kerakli yuklar bilan Ripli ismli maneken ham uchirilgan.

Dragon joriy haftaning juma kunigacha XFSga ulanib turadi. Buning ortidan u stansiyadan ajralib, Atlantika okeaniga qarab otlanadi.

Kapsulaga turli sensorlar o‘tnatilgan bo‘lib, ular fazogirlar uchun muhim bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlarni kuzatib boradi.

XS
SM
MD
LG