Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:31

Hukumatdagi manbalar: Bosh prokuraturada bir guruh yuqori mulozimlar hibsga olindi


O‘zbekiston prokuraturasi ramzi
O‘zbekiston prokuraturasi ramzi

O‘zbekiston adliya tizimidagi bir-biridan mustaqil bir nechta manbaning Ozodlikka ma’lum qilishicha, 4 va 5 mart kunlari O‘zbekiston Bosh Prokuraturasining bir nechta yuqori mulozimi hibsga olingan. Bosh prokuraturadan esa bunday ma’lumot mavjud emas degan rasmiy javob olindi.

Ularga ko‘ra, Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari tomonidan 5 mart kuni ushlanganlar orasida Bosh prokuror muovini G‘ayrat Hidoyatov va Prokurorning ma’muriy sud ishlarini yuritishda vakolatlarini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Ikrom Iskanov bor.

4 mart kuni esa Toshkent shahar prokurorining muovini Yorqin Abdullaev ushlangan edi.

Ozodlik suhbatlashgan adliya tizimdagi manbalarning bildirishicha¸ ushlangan shaxslar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 205-moddasi (“Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish”) bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi figurantlaridir.

Prokuraturadagi yuqori mulozimlarning ushlanishi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralarida o‘nlab rahbar xodimlarining hibsga olingani manzarasida yuz bermoqda.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ozodlikka 4 va 5 martda yuz bergan hibsga olishlar haqida "bunday ma’lumot mavjud emas" javob qaytardi.

XS
SM
MD
LG