Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:06

Tarixda ikkinchi marta VICh ga chalingan bemor virusdan xoli bo‘ldi


Birinchi marta tanasi virusdan butunlay tozalangan bemor amerikalik Timoti Braun
Birinchi marta tanasi virusdan butunlay tozalangan bemor amerikalik Timoti Braun

Tarixda ikkinchi marta VICh virusini yuqtirgan bemorda virus ozayib, yo‘q bo‘lgani xabar qilindi Bu esa bir kun kelib OITSga olib keladigan infeksiyaning davosi topilishiga umid bag‘ishlaydi.

Nature jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha, ”londonlik bemor” nomi berilgan VICh yuqtirgan shaxsda 19 oydan beri virus alomatlari kuzatilmagan.

Oxirgi marta bu holat bundan roppa-rosa o‘n yil oldin kuzatilgan edi. Har ikki bemor CCR5 nomi bilan ma’lum bo‘lgan, bir foiz yevropaliklarda uchraydigan genetik mutatsiyaga ega ildiz hujayralar bilan davolangan.

Jahon bo‘ylab VICh infeksiyaga chalingan million odam kasallikni antiretrovirus terapiya yordamida boshqarib turadi, ammo bu yo‘l bilan bemorlarni virusdan tozalab bo‘lmaydi.

Hozirgi kunda VIChga chalinganlar soni 37 millionga yaqin bo‘lib, ularning atigi 59 foizi antiretrovirus terapiya oladi. Yiliga bir millionga yaqin odam VICh asoratlari tufayli vafot etadi.

Virusning dori ta’sir qilmaydigan yangi turi esa jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda.

Birinchi marta tanasi virusdan butunlay tozalangan bemor amerikalik Timoti Braun bo‘lib, unga ikki marta ilik transplantatsiya qilingan. Bundan tashqari, undagi leykemiya kasalligini davolash uchun u radiatsiya muolajalaridan o‘tgan.

Kembridj universiteti professori Ravindra Gupta ikkinchi bemor tuzalib ketgani kasallikning umumiy davosi topildi, degani emasligini aytdi.

London bemoriga 2003 yilda VICh infeksiya tashxisi qo‘yilgan va 2012 yilgacha antiretrovirus terapiya yordamida davolangan.

O‘tgan yilda unga xavfli saraton turi bo‘lmish Xodjkin limfomatozi tashxisi qo‘yilgan. 2016 yilda bemorga CCR5 geniga ega donordan olingan hujayra transplantatsiyasi qilingan.

Mutaxassislar ikkinchi bemor tuzalib ketgani yaxshi kutib olishdi, ammo hali izlanishlar davom etishi kerakligini aytishmoqda. Chunki ushbu davolash uslubi juda oz bemor uchun samara beradi.

London bemori suyak iligi transplantatsiyasi ortidan 16 oy antiretrovirus terapiyasini davom ettirgan. Buning ortidan unga dori berish to‘xtatilgan va o‘shandan beri uning tanasida virus topilmagan.

XS
SM
MD
LG