Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:31

AQSh Gulnora Karimovaga uch shirkatdan $865 million pora olganlik aybini rasman e’lon qildi


AQSh Adliya vazirligi qoshidagi prokuratura idorasining Nyu York janubiy hududi bo‘yicha prokurori 2019 yilning 7 mart kuni O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga nisbatan rasmiy ayblovlarni e’lon qildi.

Karimova qariyb 10 yil davomida turli moliyaviy sxemalar orqali aksiyalari AQSh birjasida sotuvga qo‘yilgan uch yirik xalqaro telekom shirkati – TeliaSonera, VimpelCom va MTCdan jami 865 million dollar pora olganlikda ayblanmoqda.

Adliya vazirligi baënotida ta’kidlanishicha¸ Karimova AQShning Foreign Corrupt Practices Act (“FCPA”) – Xorijdagi korrupsiyaga qarshi kurash haqidagi qonuniga ko‘ra¸ hozirga qadar eng katta pora olganlikda ayblangan shaxsdir.

MTS O‘zbekiston sobiq direktori¸ Karimovaning telekom sohasidagi asosiy odami bo‘lgan Behzod Ahmedov Gulnora Karimovaga telekom shirkatlaridan pora olishda yordam berishda ayblanmoqda.

Karimova va Ahmedovning ikkalasi ham poraxo‘rlik sxemasini yashirish maqsadida juda ko‘p xalqaro pul o‘tkazishlar orqali pul yuvish amaliyotida ham ayblanmoqda.

Rasmiy bayonotda¸ har ikkala ayblanuvchining AQShda qo‘lga olinmagani va bu ayblar sudda isbotini topmaguncha¸ Karimova va Ahmedovning aybsizlik prezumpsiyasi ostida ekani aytilgan.

Oddiy arifmetika

AQSh prokurorlari yillardan beri aksiyalari AQSh qimmatli qog‘ozlar bozorida sotuvga qo‘yilgan uch telekommunikatsiya shirkatining O‘zbekistonga kirish va so‘ngra faoliyat yuritish uchun mamlakat prezidentiga yaqin shaxsga millionlab dollar pora bergani bo‘yicha tergov-tekshiruv olib bordi.

Bu jarayonda¸ vazirlik e’tiroficha¸ Avstriya¸ Belgiya¸ Qibris¸ Fransiya¸ Irlandiya¸ Isle of Man, Latviya¸ Lyuksemburg¸ Norvegiya¸ Hollandiya¸ Shveysariya¸ Shvetsiya¸ Buyuk Britaniya huquq tizimlari faol ishtirok etgan.

7 mart kuni AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi Rossiyaning eng yirik telekom shirkati MTS bilan bu tergovni yakunlash bo‘yicha sudgacha kelishuvga erishilgani va bu kelishuvga ko‘ra MTS AQShga 850 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘lganini e’lon qildi.

Ayni shu kuni AQSh Adliya vazirligi MTS¸ undan avval esa¸ Hollandiyada joylashgan VimpelCom, va Shvetsiyaning Telia (TeliaSonera) shirkatlari bilan erishilgan shu kabi kelishuvlarda uchala shirkatning porani Gulnora Karimovaga berganini e’tirof etgani va uchala shirkat to‘lagan jami pora miqdorining 865 million dollarni tashkil qilishini e’lon qildi.

Vazirlik rasmiy bayonotida yozilishicha¸ VimpelCom 2005-2012 yillar davomida Gulnora Karimovaga 114 million¸ Telia 2007-2010 yillarda 331 million¸ MTS esa¸ o‘z faoliyati davomida 420 million dollardan ko‘proq pora berganini tan olgan. Uch shirkatning rasman tasdiqlangan jami pora miqdori esa¸ 865 million dollarga tengdir.

Prokurorlar bayonoti

Nyu York janubiy hududi prokurori Geoffrey S. Berman 7 mart kungi rasmiy bayonotda shunday dedi:

“Bu O‘zbekiston hukumatining eng yuqori pog‘onalariga borib yetgan va dunyoning ayrim eng yirik telekommunikatsiya shirkatlari tomonidan uyushtirilgan qariyb 1 milliard dollarlik pora sxemasidan tug‘ilgan trilogiyaning uchinchi qismidir. AQSh moliya tizimi orqali ko‘p million dollarlik pora to‘lovlarini o‘tkazish bilan shirkat va shaxslar global iqtisoddan o‘z manfaatlariga xizmat qilish va cho‘ntaklarini qappaytirish uchun jinoyatkorona foydalanishga urindi. Ammo bugunga kelib ular bu qilmishi uchun haq to‘lamoqda. Bugun men tamsil qiladigan idora va bizning huquq tizimidagi hamkorlarimiz AQSh moliya tizimi xorijdagi poraxo‘rlik va pul yuvish amaliyotlari xizmatida emasligi haqida keskin va qat’iy mujda berayapmiz. Prokuratura idorasi dunyoning qaerida bo‘lishidan qat’iy nazar xorijdagi koppupsion amaliyotlar oldini olish¸ tergov qilish va jazolashga tayyordir”.

AQSh Adliya vaziri yordamchisi Brian A. Benczkowski:

“Gulnora Karimova o‘z rasmiy mavqeidan foydalanib¸ aksiyalari ochiq savdoda sotiladigan telekom shirkatlaridan 865 million dollardan ko‘proq pora talab qilish va olish¸ so‘ngra bu pullarni AQSh moliya tizimi orqali yuvishda ayblanmoqda. Bugun e’lon qilingan ayblov va korporatsiya bilan erishilgan kelishuv (MTS nazarda tutilmoqda-tahr.)¸ qolvaersa bundan avval Karimovaga pora berganlikda gumonlangan boshqa ikki korporatsiya (Telia va VimpelCom -tahr.) bilan bitim AQSh Adliya vazirligining xorijdagi korrupsiyaga nisbatan munosabatini yaqqol aks ettiradi: biz xorij davlatlaridagi poraxo‘r rasmiylar¸ ayni paytda¸ ularga o‘z biznesi uchun imtiyoz olish maqsadida pora beruvchi kompaniya va shaxslarni qat’iyat bilan ta’qib qilamiz va AQSh moliya tizimini korrupsiya amaliyotlaridan xoli tutish uchun hamma ishni qilamiz.”

Gulnora Karimova va Behzod Ahmedov qaerda?

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 5 mart kuni e’lon qilgan rasmiy bayonotga ko‘ra¸ Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2018 yil 1 iyuldagi ajrimi bilan G.Karimovaga tayinlangan jazo 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan. Ammo Karimova sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagani ortidan 2019 yil 5 martda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

2017 yil 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Bosh prokuratura rasmiy saytida "G.Karimovaga nisbatan jinoyat ishlari yuzasidan xabar" e’lon qilgan edi.

Bu bayonotda Gulnora Karimovaga Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani aytilgan edi.

Ayni bayonotda¸ “Karimovaga nisbatan uyushgan jinoiy guruhga qo‘yidagi jinoyatlarni sodir etishga ko‘maklashish holatlari bo‘yicha alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilayotgani va unga nisbatan Jinoyat kodeksining oltita moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilinib¸ qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani" ham aytilgan edi.

2012 yil 6 iyun kuni Gulnora Karimova bilan keskinlashgan ziddiyat ortidan O‘zbekistondan qochib ketgan Behzod Ahmedov esa¸ hozirda Rossiyada bekinib yashab yuripti. U "shaxsiy xavfsizligiga nisbatan tahdidlar" bois¸ Rossiya huquq tizimlari himoyasi ostida yashamoqda.

XS
SM
MD
LG