Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 18:55

Indoneziyada suv toshqini va sel qurbonlari soni 89 ga yetdi


Indoneziyaning Papua viloyatida sodir bo‘lgan suv toshqini va sellar kamida 89 odam umriga zomin bo‘ldi.

Bu orada Setnani shahrida vayrona ostida topilgan besh oylik chaqaloq otasiga qaytarib berildi. Ammo uning aka-ukalari hamda onasi halok bo‘lgan.

Shanba kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi ostidan yuzaga kelgan sel va suv toshqini ortidan o‘nlab odam bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Shu sabab rasmiylar halok bo‘lganlar soni yanada ortishi mumkinligini bildirdi.

Qutqaruvchilar loy, tosh va qulagan daraxtlar ostida tirik qolganlarni izlamoqda. Papua viloyati harbiy bo‘limi matbuot kotibi Muhammad Aidi qutqaruv ishlarida 1600 dan ziyod odam, jumladan, harbiylar hamda politsiya xodimlari ishtirok etayotganini ma’lum qildi.

17 mingga yaqin orolni o‘z ichiga oluvchi Indoneziyada tabiiy ofatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Xususan, oktabr oyidan aprel oyigacha cho‘ziluvchi yog‘in-chochin mavsumida suv toshqinlari ko‘p kuzatiladi. Bundan tashqari, orollar tektonik plitalar uchrashgan yerda joylashgani uchun mamlakatda yirik zilzila va sunamilar hamda vulqon otilishi tez-tez sodir bo‘ladi.

Yanvar oyida suv toshqinlari hamda yer surilishi Sulavesi orolida kamida 70 odam umriga zomin bo‘ldi.

Bali oroli yonidagi Lombok orolida yakshanba kuni yer qimirlashi ortidan uch nafar odam halok bo‘lgani xabar qilindi. Zilzila magnitudasi 5.5 ball bo‘lgani aytilmoqda.

O‘tgan yozda esa Lombokda sodir bo‘lgan qator zilzila tufayli 500 odam oshiq odam halok bo‘lgan, 150 mingan oshiq odam boshpanasiz qolgan edi.

O‘tgan yil sentabrda Palu hamda Sulavesi orollariga yopirilgan sunami taqriban 2200 kishi umrini olib ketdi.

XS
SM
MD
LG