Линклар

Шошилинч хабар
19 июл 2019, Тошкент вақти: 11:08

Qahva prostata bezi saratonining oldini olish mumkin


Yaponiyaning Kanazava universiteti tadqiqotchilari qahvada uchraydigan ayrim birikmalar prostata saratoni o‘sishiga to‘sqinlik qilishga ko‘maklashishi mumkinligini aniqladi.

Bundan avval o‘tkazilgan qator tadqiqotlar qahvadagi birikmalar sog‘liqqa foydali ekanligini ko‘rsatgan. Masalan, ayrim manbalarga ko‘ra, qahva ichish saratonning ayrim turlari, jumladan, prostata rakiga chalinish xavfini ozaytiradi.

Kanazava universiteti xodimlari esa, qahvadagi birikmalarning prostata raki o‘sishiga ta’sirini o‘rgangan. Tajriba davomida rakka qarshi kurashishga qodir hujayralar hamda sichqonlardan foydalanilgan.

Yapon olimlari avval qahvada uchraydigan olti birikmani o‘rganib chiqishgan, ammo pirovardida kaxveol atsetati hamda kafestol birikmalariga asosiy e’tiborni qaratishgan. Bu ikki birikma odatda arab qahvasida uchraydi.

Tadqiqotchilar kaxveol bilan kafestolning saratonga qarshi dorilarga qarshilik ko‘rsatadigan hujayralarga ta’sirini o‘rganib chiqishgan va bu ikki birikma sichqonlarda saraton hujayralari ko‘payishi oldini olishini aniqlashgan. Bundan tashqari, har ikki birikma bir paytda qo‘llanilsa, ularning ijobiy ta’siri yanada kuchliroq bo‘lishi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu natijalar kelajakda prostata bezi rakini davolashda qahvada uchraydigan birikmalardan foydalanish mumkinligini anglatadi. Ammo avval qahva birikmalari aynan nima sababdan bunday ta’sir ko‘rsatishini hamda ularning inson tanasiga ta’sirini aniqlash kerak bo‘ladi.

Olimlar yangi izlanish natijalari qahva ichish odatini o‘zgartirishga asos bo‘la olmasligi haqida ogohlantirishdi.

Doktor Hiroaki Ivamoto yetakchiligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Yevropa Urologiya uyushmasining Barselonada o‘tkazilgan anjumanida taqdim etildi. Shuningdek, ushbu mavzu yoritilgan ilmiy maqola The Prostate jurnalida chop etildi.

XS
SM
MD
LG