Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2019, Тошкент вақти: 22:22

“Bo‘lajak yuristlar prokuror emas¸ advokat bo‘laman desa¸ jamiyat yaxshi tomonga o‘zgaradi ”


O‘zbek jamiyati qachon ijobiy tomonga o‘zgaradi?

Bu savol ko‘pchilikning o‘ylantirayotgani aniq. Men – Davron Yoqubov, bu borada kamtarona mulohazalarimni bildirmoqchiman.

Menimcha, bo‘lajak yuristlar prokuror bo‘laman deb emas, balki advokat bo‘laman deb o‘qisa, ana shunda jamiyat ijobiy tomonga o‘zgaradi.

Mamlakatimiz sud tizimi Konstitutsiya bo‘yicha mustaqil, ammo amalda bunday emas. Qolaversa, sudyalar mustaqil fikrini bildirishdan qo‘rqadi. Chunki sudning qo‘lida hokimiyat yo‘q.

Prokuratura vakolatlarini kengaytirishga e'tibor qaratilmoqda, ammo advokatlar vakolatlari bilan hech kimning ishi yo‘q.

Ayrimlar “kuch – boylikda, hokimiyatda, Stalindan qolgan tizimni o‘zgartirib bo‘lmaydi” deb e’tiroz bildirishi mumkin. U holda, kambag‘al huquqshunos Mahatma Gandi qanday qilib butun boshli ingliz imperiyasiga qarshi qurolsiz kurasha oldi?!

Boshqa jihatdan, masala jamiyatni korrupsiyadan qisman bo‘lsa-da ozod qilishga ham bog‘liq. Bugungi O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari sovet tuzumining merosxo‘ri sanaladi. Ular eski qarashlardan voz kechib, allaqachon Yevropa mamlakatlaridan andoza olishi kerak. Jazoni ijro etish tizimida ham eski hammom, eski tos!

Huquqshunos kadrlarni yangilash va islohotlarni esa yuridik universitet va Ichki ishlar akademiyasidan boshlash kerak. Bu borada davlat byudjetidan samarali foydalanish kerak.

Prezident jamiyatni o‘zgartirishga harakat qilmoqda. Lekin yonidagi amaldorlar o‘zgarmas va yordam bermas ekan, davlat rahbarining bir o‘zi qiynaladi. Buni mahalliy hokimlar va boshqa kuch ishlatar tizim rahbarlari misolida ko‘rmoqdamiz.

XS
SM
MD
LG