Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:00

Ukraina razvedka xizmati: Prezident saylovi davomida Rossiya kiberhujumlar uyushtirmoqchi


Ukraina prezidenti saylovi 31 martda o‘tkaziladi.
Ukraina prezidenti saylovi 31 martda o‘tkaziladi.

Ukraina 31 martga belgilangan prezident saylovi davomida misli ko‘rilmagan darajada keng ko‘lamli kiberhujumlarga tayyorlanmoqda. Bu haqda Ukraina Xorijiy razvedka xizmati (SZRU) bildirdi

SZRU 27 martda e’lon qilgan bildiruvda “Rossiya prezident saylovi kuni jarayon legitimligiga putur y maqsadida Ukraina Markaziy saylov komissiyasi hamda tuman saylov komissiyalari serverlariga misli ko‘rilmagan darajada keng ko‘lamli kiberhujumlarni amalga oshirishga bel bog‘lagan”, deyiladi.

Rossiya 2014 yilda Ukrainaning Qrim mintaqasini anneksiya qilib olib, mamlakat sharqida rossiyaparast ayirmachilarni dastaklay boshlaganidan keyin Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar sovib ketdi.

Kiev Rossiyani bundan avval ham o‘z kompyuter tarmoqlari hamda energiya infratuzilmalariga hujum qilishda ayblagan. Masalan, 2015 yilgi kiberhujum ortidan g‘arbiy Ukrainada elektr energiyasi ta’minoti qisqa muddatga uzilib qolgan edi. O‘shanda Ukraina hujum ortida Rossiya turganini iddao qilgan edi.

Yevropa Ittifoqining dezinformatsiyaga qarshi kurashuvchi guruhi ham saylov arafasida Ukrainani Rossiyaning “odatiy agressiyasi” haqida ogohlantirdi.

Ukraina prezidenti saylovida 29 nomzod bellashadi. Saylovoldi so‘rovlari amaldagi prezident Petro Poroshenko, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko hamda aktyor va qiziqchi Vladimir Zelenskiy oldinda ekanligini ko‘rsatmoqda.

Agar saylovda birorta ham nomzod 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmasa, 21 aprelda saylovning ikkinchi turi o‘tkaziladi.

Rossiya Ukraina saylovlariga aralashganini rad etib keladi.

31 mart kuni Rossiya dastaklab kelayotgan ayirmachilar boshqaruvidagi hududlarda prezident saylovi o‘tkazilmaydi.

Yuqorida tilga olingan yetakchi nomzodlarning barchasi Rossiyaga qarshi kurashishni hamda G‘arb bilan yaqindan aloqa o‘rnatishni va’da qilmoqda.

Rossiya hakerlari Ukraina saylovlariga aralashgan holatlar bundan oldin ham kuzatilgan. 2014 yilda hakerlar saylov infratuzilmasiga hujum qilib, aholi fikrini o‘zgartirish maqsadida soxta xabarlarni tarqatgan edi.

26 mart kuni Facebook Rossiyaga aloqador 1907 dan oshiq soxta guruhlar va hisoblar o‘chirilganini ma’lum qildi. Shirkat bildiruviga ko‘ra, Rossiyaga aloqador bu hisoblar Ukraina siyosatiga aloqador spam materiallarni tarqatgan.

XS
SM
MD
LG