Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:04

Karimovaning shveysariyalik advokati o‘zbek hamkasblarini “sassiz” deya atadi


Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Gregoire Mangeat Twitter sahifasida o‘z mijozi haqida faol yoza boshladi.
Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Gregoire Mangeat Twitter sahifasida o‘z mijozi haqida faol yoza boshladi.

Marhum prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi advokati Gregoire Mangeat 5 aprel kuni Twitter sahifasida o‘zbekistonlik advokatlar ishiga munosabat bildirdi.

2016 yil dekabri. Mening Gulnora Karimova bilan uchrashishimga birinchi marta ruxsat berishdi. Toshkentda ikki kunlik eshituvlar bo‘ldi. 20 soatdan ko‘proq davom etdi. Mening mijozimga tayinlangan ikki o‘zbek advokatidan birortasi bu ikki kun davomida og‘iz ochib bir so‘z demadi. Sassiz advokatlar. Bosim ostida. #Adolatsiz adolat”¸ deb yozdi shveysariyalik advokat.

1 aprel kuni Zangiotadagi 21-ayollar koloniyasida Gulnora Karimova bilan uchrashgani haqida Twitter sahifasida xabar tarqatgan Gregoire Mangeat¸ 3 aprel kuni O‘zbekiston hukumatidan o‘z mijoziga berilgan jazo muddatiga oydinlik kiritishni so‘radi.

Bir necha oydan beri biz O‘zbekiston rasmiylaridan Karimovaga berilgan qamoq jazosining qachon boshlanib¸ qachon tugashini tushuntirib berishni so‘rayapmiz. Odam o‘g‘irlashmi bu? Hozirgacha javob yo‘q”¸ deb yozdi Toshkentdan qaytib kelganidan so‘ng shveysariyalik advokat.

Toshkent rasmiylari shveysariyalik advokatning o‘z mijozi bilan 1-2 aprel kunlari Zangiota koloniyasida uchrashishiga ruxsat berilganini tasdiqladi.

Ozodlik bilan Toshkentdan qaytib kelganidan so‘ng gaplashgan Mangeat¸ o‘z mijozi vaziyatiga oid tafsilotlarni Twitterda yozib borishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning joriy yil 5 mart kuni jazoni o‘tash koloniyasiga qaytarilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Bu bayonotda yozilishicha¸ korrupsiya va og‘ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan Gulnora Karimova Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 10 yilga qamalgan¸ ammo 2018 yil 1 iyulda bu hukm o‘zgartirilib¸ 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra¸ 2017 yilgi sud hukmida “insonparvarlik nuqtai nazaridan hamda mahkuma jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul mablag‘larini qaytarish va davlatga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatlarini o‘z zimmasiga olganligini e’tiborga olgan holda” ozodlikni cheklash jazosini o‘tash joyi etib mahkuma Gulnora Karimovaning o‘z tanloviga ko‘ra, qizi Imon Karimovaning yashash joyi belgilangan.

Ammo Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzganligi sababli 2019 yil 5 martda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

XS
SM
MD
LG