Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2019, Тошкент вақти: 03:52

XMT: O‘zbekistonda majburiy mehnatni tug‘dirayotgan tizimlar butunlay yo‘q qilinmadi!


Keyingi yillarda bolalarni paxtaga chiqarish to‘xtatilgani holda¸ kattalarni majburiy mehnatga chiqarish kuchaygani aytilmoqda.

O‘n yillardan beri minglab o‘zbekistonlik paxta terimiga safarbar qilinib keladi. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda 170 mingga yaqin odam paxta terishga majburlangan. Bu raqam katta bo‘lsa-da, tashkilot mamlakatda muammoni bartaraf qilish yo‘lida ilgari siljish borligini aytdi.

Ayni paytda¸ o‘zbek va G‘arb davlatlaridagi inson huquqlari faollari bunday xulosa qilishga hali erta ekanini aytmoqda. Ular majburiy bolalar mehnatidan foydalanish keskin kamayganini e’tirof etgan holda kattalar majburiy mehnatiga barham berilmagani, hukumat monopoliyasi bu muammoni yo‘q qilishga yo‘l bermayotganini aytishmoqda.

Joriy prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016 yil sentabrda vafot etgan Islom Karimovning 20 yildan oshiq davom etgan repressiv rahbarligidan so‘ng hokimiyatga kelgach, O‘zbekiston paxta sanoatida islohotlar boshladi.

Paxta o‘stirish juda ko‘p miqdorda suv talab qilishiga qaramasdan, Sovet Ittifoqi yetakchilari O‘zbekistonning quruq iqlimida paxta sanoatini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. O‘tgan asrning 70 yillari yakunida Sovet Ittifoqidagi butun paxtaning 70 foizi O‘zbekiston SSRda yetirishtirilgan.

Sovet Ittifoqi parchalanib ketishi ortidan yuzaga kelgan tenika va sarmoya taqchilligi tufayli paxta terishda tobora ko‘proq odamlar mehantidan foydalana boshlandi. Universitet, shifoxona hamda paxtaga umuman aloqasi yo‘q shirkatlarning millionlab xodimi har yili paxta terimiga jalb qilindi.

Keyingi o‘n yil ichida O‘zbekistonda yetishtirilgan yillik paxta qiymati 1 milliard dollardan oshar ekan, o‘zbek va G‘arb faollari o‘zbek paxtasiga qarshi kampaniya boshladi. Xususan, Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2010 yili O‘zbekistonda yetishtirilgan paxtaga boykot e’lon qilish tadbirini boshladi. Bunga O‘zbekistonda bolalar va kattalar paxta terimida majburiy mehnatga jalb etilayotgani asosiy sabab bo‘ldi. Boykotga Nike, Zara, GAP, Levis, H&M, UNIQLO va boshqa jahonga mashhur o‘nlab brend qo‘shildi.

2012 yil o‘sha paytda Bosh vazir lavozimida ishlagan Mirziyoev paxta terishda bolalar mehnatidan foydalanishni to‘xtatishni buyurdi. Ammo ayrim hududlarda paxta terimiga bolalarni jalb qilish davom etdi.

Karimov vafotidan keyin hokimiyatga kelgach Mirziyoev islohotga qo‘l urdi - 2018 yil may oyida Toshkent hukumati majburiy mehnatga barham berishga oid farmon chiqardi. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar vaziyat yaxshilanganiga qaramay, paxta sanoati va boshqa sohalarda majburiy mehnat uchrab turishini aytib keladi.

Xalqaro mehnat tashkilotiga ko‘ra, 2018 yilgi terim mavsumida hukumatning majburiy mehnatni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlari natijasi ko‘rindi.

Tashkilotning 1 aprel kuni e’lon qilingan hisobotida “2018 yilgi paxta terimida O‘zbekistonda majburiy bolalar mehnati hamda umuman majburiy mehnatni yo‘q qilishda katta o‘zgarishlar bo‘lgani kuzatildi. 2017 yilga solishtiriganda bu yilgi terim davomida majburiy mehnat 48 foizga ozaydi”, deyiladi.

“Ammo ko‘plab majburiy mehnat holatlari hanuz kuzatildi va majburiy mehnatdan foydalanishga zamin yaratuvchi tizimlar butunlay yo‘q qilingani yo‘q”, deyiladi hisobotda.

Bundan 10 kun oldin AQSh hukumati o‘zbek paxtasini majburiy bolalar mehnati bilan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqargan edi.

AQSh hukumati bunday mahsulotlarni “majburiy yoki shartnoma tuzish yo‘li bilan majburlangan bolalar mehnatidan foydalangan holda qazib olingan, ishlab chiqarilgan yoki tayyorlangan bo‘lishi mumkinligi haqida yetarli asosga ega bo‘lgan taqdirda” shubhali tovarlar ro‘yxatiga kiritadi.

O‘zbekiston – Germaniya Inson huquqlari forumi 2018 yilgi terim davomida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganini e’tirof qilgan holda¸ 4 aprel kungi hisobotida majburiy mehnat kattalar uchun yirik muammo bo‘lib qolayotgani, hukumat idoralari¸ davlat boshqaruvidagi shirkatlar hamda boshqa norasmiy tashkilotlar mummoni butunlay bartaraf qilishga to‘sqinlik qilayotgani aytiladi.

Majburiy mehnatning saqlanib qolayotgani sabablariga misol o‘laroq hisobotda O‘zbekiston hukumati hanuz yillik paxta rejasini belgilayotgani hamda viloyat va tumanlarda rasmiylar davlat va xususiy shirkatlar xodimlarini paxta terishga majburlayotgani keltirilgan.

Forum vakili Allison Gill Ozodlik bilan suhbatda:

- Xulosa qilib aytganda, hukumat ishlab chiqarish tizimida faoliyat yuritayotgan hukumat xodimlari hanuz qonunni buzmoqda, - dedi.

Gillga ko‘ra, Mirziyoev ma’muriyati sovet tizimini yo‘q qilib, ishlab chiqarishni xususiylashtirish sari sekin harakatlanmoqda. Masalan, shirkatlarga paxta yetishtirish bo‘yicha fermerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoni berilmagan..

- Umid qilamanki, xususiylashtirishga o‘tilar ekan, ishlab chiqarish bilan bog‘liq ushbu muamolarning ayrimlarini hal qilishadi, - dedi Gill.

XS
SM
MD
LG