Линклар

Шошилинч хабар
07 май 2021, Тошкент вақти: 09:02

Ichki ishlar podpolkovnigi ishtirokidagi avtohalokatda bir ayol o‘ldi (VIDEO)


6 aprel oqshomida Toshkent shahar, Chilonzor tuman, Muqimiy ko‘chasida yuz bergan avtohalokatda bir ayol halok bo‘ldi.

Ozodlik suhbatlashgan ikki nafar ichki ishlar zobitiga ko‘ra, yo‘l o‘rtasida borayotgan ayolni urib yuborgan shaxs Toshkent shahar IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, 38 yashar podpolkovnik Umid Qurbonovdir.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi avtohalokat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Telegramda tarqalgan video

Telegram messenjerida o‘zbekistonliklar orasida tarqalgan videoda qora Lacetti katta tezlikda birinchi yoki ikkinchi yo‘l chizig‘idan yo‘lning eng so‘l chizig‘iga o‘tishga harakat qilgani, shu payt yo‘l o‘rtasida bir ayolni urib yuborgani aks etgan. Videodan mashina zarbidan ayolning ikki metrcha balandlikka uchib, erga behush yiqilganini ko‘rish mumkin. Yengil mashina esa himoya to‘sig‘iga borib uriladi va uni ikkiga bo‘lib yuboradi.

ИИБ подполковниги йўловчи аëлни уриб юборди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:03 0:00

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining Ozodlikka ma’lum qilishicha, fuqaro M. Zaynutdinova “piyodalar o‘tishi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan" paytda yuz bergan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.Z. shu kuni soat 23-40 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi “Jonlantirish” bo‘limida vafot etgan,” - deya bildirdi Bosh prokuratura. - "O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasining 07.04.2019 yildagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.Z.ning o‘limi “bosh miya yopiq jarohati, ko‘krak qafasi yopiq jarohati, o‘ng boldir suyaklarini jarohatlari” natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan."

Ozodlik suhbatlashgan ikki nafar ichki ishlar zobitiga ko‘ra, yo‘l o‘rtasida borayotgan ayolni urib yuborgan shaxs Toshkent shahar IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, 38 yashar podpolkovnik Umid Qurbonovdir.

Bosh prokuratura yo‘l transport hodisasini sodir etgan ichki ishlar organi xodimi ismi va familiyasining bosh harflarini ma’lum qilish bilan cheklandi.

"...xizmat avtomashinasini tegishli hujjatlar asosida boshqarib kelayotgan U.Q., Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 4-uy urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan," deya bildirdi Bosh prokuratura.

Kuzatuv kameralari

Ozodlik suhbatlashgan ichki ishlar zobitlaridan birining ma’lum qilishicha, hodisadan ko‘p o‘tmay "atrofdagi kuzatuv kameralardan" videoyozuvlar ichki ishlar xodimlari tomonidan olib ketilgan.

"Bu hodisani bosdi-bosdi qilishga harakat qilishdi. Umid Qurbonov aybdor bo‘lib qolmasligi uchun avariyadan ko‘p o‘tmay atrofdagi kuzatuv kameralaridan videozapislar tezda olib ketildi. Lekin bu voqea Telegramda tarqalishga ulgurgandi. Hamma "haydovchi kim edi?" degan savolni bera boshlagandi," dedi ichki ishlar zobiti.

8 aprelda Ozodlik podpolkovnik Umid Qurbonovning mobil telefoniga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi. Telefon go‘shagini ko‘targan shaxs o‘zini Umid Qurbonovning tanishi ekanini bildirdi va "izoh olish uchun yozma murojaat" qilishni so‘radi.

Toshkent shahar IIB axborot multimedia markazi 8 aprelda, avtohalokat yuzasidan "xizmat tekshiruvi" belgilanganini bildirdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, avtohalokat yuzasidan "JKning 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizlgi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda."

Umid Qurbonov 2018 yilda Toshkent shahar IIBsi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangandi.

22 mart kuni "Eltuz" sayti "bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar bilan suhbatlari asosida" podpolkovnik Umid Qurbonov haqida tanqidiy maqola chop etgandi.

XS
SM
MD
LG