Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:47

Qozog‘istonda prezident saylovi 9 iyunda bo‘lib o‘tadi


Qozog‘iston prezidenti vazifasini bajaruvchi Qosimjo‘mart To‘qaev mamlakatda 9 iyunda navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi.

Televidenie orqali chiqish qilgan To‘qaev "erkin va adolatli saylov"ni o‘tkazishga va’da berdi, biroq unda o‘zi ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi haqida lom-mim demadi.

To‘qaev 20 mart kuni prezident vazifasini etib tayinlangan edi.

19 martda mamlakatni qariyb 30 yil boshqargan prezident Nursulton Nazarboev iste’fo bergandi.

Ammo 79 yashar Nazarboev haliyam Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi va iqtidordagi "Nur-Otan" partiyasi raisi bo‘lib qolmoqda.

9 aprelda To‘qaev parlamentda o‘z vakillariga ega bo‘lgan Qozog‘istondagi siyosiy partyalar rahbarlari bilan uchrashgan edi.

XS
SM
MD
LG