Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:25

Chechenistonda olti nafar o‘zbekistonlik qullikdan ozod etildi


Grozniy aeroporti
Grozniy aeroporti

Rosssiyaning Checheniston mintaqasida mahalliy fermer olti nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikda ushlab turgan.

U ish izlab borgan o‘zbekistonliklarni Grozniy aeroportidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan Proletarskoe qishlog‘i yaqinidagi o‘z fermasida ushlab turgan.

Zamonaviy qullik muammolari bilan shug‘ullanuvchi "Alternativa" tashkilotining xodimi Aleksey Nikitinning Ozodlikka aytishicha, ikki nafar o‘zbekistonlik shu yil yanvar oyidan buyon va yana to‘rt nafari mart oyi o‘rtalaridan buyon chechen fermerining asiri bo‘lgan.

Nikitinning o‘zbekistonliklar yaqinlariga tayanib aytishicha, hujjatlari darhol olib qo‘yilgan muhojirlar o‘ta og‘ir sharoitda ishlashga majburlangan.

Avvalroq kelgan ikki o‘zbekning ahvoli yomonlashgan, ammo ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.

"Qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, fermer o‘z ishchilarini davomli kaltaklab kelgan, qochishga urinsalar, o‘ldirish bilan tahdid qilgan", - dedi Nikitin.

O‘zbekistonliklar ish haqi umuman olmagan, to‘yib ovaqtlanmagan.

Bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

"Kecha ferma egasi ularga hujjatlarini qaytarib berdi va ularni taksida Krasnodarga yubordi. Aftidan, u vaziyatdan odamlar xabardor bo‘lganini bilibqolgan va shuning uchun o‘zbeklarni uzog‘roqqa yuborishga qaraor qilgan. Tabiiyki, ularga bir tiyin ham bergani yo‘q. O‘zbekistonliklar yaqinlari ularga uylariga qaytishlari uchun pul yuborishdi va ertaga samolyotda vatanlariga uchishadi", - dedi Nikitin.

Nikitinning aytishicha, Kavkaz qullik masalasida Rossiyaning eng muammoli mintaqalaridan biridir, dedi Nikitin.

XS
SM
MD
LG