Линклар

Шошилинч хабар
15 апрел 2021, Тошкент вақти: 07:28

Gulistonda prokuratura xodimi suvga cho‘kayotgan qizni qutqarib oldi


Sirdaryo viloyati Guliston shahri

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 8 aprel kuni soat 22.00da Sirdaryo viloyat prokuraturasi xodimi Guliston shahridagi "Do‘stlik" kanalidan suvga cho‘kayotgan qizni qutqarib oldi.

Kanal qirg‘og‘ida borayotgan viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Ubatov "suv yuzasidan kelayotgan past ovozdagi shovqinni eshitib qoladi".

"Diqqat bilan tikilib, odam oqib kelayotganiga ishonch hosil qiladi va “Kimsan? Nima qilayapsan?” deb murojaat qiladi. So‘ngra zudlik bilan yaqin atrofdagi vagon tomonga yugurib borib, belkurak topib keladi. Tezda ustki kiyimlarini yechib, o‘zini suvga tashlaydi. Oqib ketayotgan odam ikki qo‘li bilan qutqaruvchi uzatgan belkurakning dastasidan mahkam ushlab olib, o‘zi ham chiqishga harakat qiladi. Jabrlanuvchini bir amallab qirg‘oqqa tortib kelgan A.Ubatov yo‘lakdan o‘tayotgan ikki nafar ayolga “tez yordam” chaqirishlarini iltimos qiladi. Hodisa joyiga yetib kelgan odamlar bir-birlarining qo‘llaridan mahkam tutib, zanjir bo‘lib, suv bo‘yidan tortib olishadi," deya prokuratura xodimining jasoratli amalini hikoya qildi Bosh prokuratura.

Prokuraturaga ko‘ra, qutqarilgan qiz Munira Shamshieva shoshilinch tarzda “tez yordam” mashinasida RShTIYoM viloyat filialiga olib kelinadi va shifoxonaning Jonlantirish bo‘limiga yotqiziladi.

"Suvda cho‘kayotganida qutqarib qolingan Munira Shamshieva 2002 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Guliston shahar ”Ulug‘ yo‘l” MFY hududida yashaydi. Shahardagi 4-o‘rta umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi. Ma’lum bo‘lishicha, qiz kanal chetiga o‘rnatilgan zinadan pastga tushgan va bexosdan suvga yiqilib, oqib ketgan," deya bildirdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qizaloqning endilikda o‘zini yaxshi his qilayotgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG