Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:55

Gollandiyalik elektromobilda 95 ming kilometr masofani bosib o‘tdi


Niderlandiyalik Veyb Vakker yakshanba kuni Avstraliyaning Sidney shahrida elektromobilda 95000 kilometrlik sayohatini o‘z yakuniga yetkazdi. Vakker elektr dvigatel o‘rnatilgan universalida dunyoning 33 mamlakati bo‘ylab sayohat qilgan.

Faol bu sayohat elektromobilda qilingan eng uzun sayohat ekanligini aytmoqda.

Vakker Niderlandiyadan Avstraliyagacha uch yil deganda yetib borgan.

Sayohati davomida odamlar unga mashinasini zaryad qilishda ko‘maklashgan, oziq-ovqat va uxlashga joy bergan.

Faol sayohati davomida Turkiya, Eron, Hindiston, Myanma, Malayziya va Indoneziyani bosib o‘tgan.

Qaysi yo‘ldan yurishni belgilashda o‘z saytiga kelib tushgan takliflarga tayangan.

- Turg‘un mobillikning afzal jihatlarini ko‘rsatib, odamlarning fikrini o‘zgartirishga va elektromobillarni haydashni boshlashga ilhomlantirishni istadim, - dedi Vakker. - Bir odam dunyoning narigi burchagiga elektromobilda yetib oldimi, demak elektrik avtomobillardan kundalik hayotda bemalol foydalanish mumkin.

Vakker mashinaga elektromotor o‘rnatilmaganida, o‘z sayohatini yakunlash uchun 6785 litr yoqilg‘i sarflagan bo‘lardim, dedi.

Vakkerning avtomobili bir marta zaryad olib, 200 kilometr masofani bosib o‘ta oladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sayohati davomida elektr tokiga bor-yo‘g‘i 300 dollar sarflagan.

Eng ko‘p xarajat Avstraliyaning olis cho‘llariga to‘g‘ri kelgan.

XS
SM
MD
LG