Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:30

Rossiya Dumasi “suveren internet”ga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqyapti


Namoyishchilar suveren Runet va internetdagi senzuraga qarshi qonun loyihasiga norozilik bildirib o‘tgan oyda Moskva ko‘chalariga chiqqan edi.
Namoyishchilar suveren Runet va internetdagi senzuraga qarshi qonun loyihasiga norozilik bildirib o‘tgan oyda Moskva ko‘chalariga chiqqan edi.

Rossiya parlamentining quyi palatasida ziddiyatli qonun loyihasi ikkinchi o‘qishdan o‘tdi, agar u qabul qilinsa, mamlakatdagi internet global tarmoqdan uzib qo‘yiladi.

Davlat Dumasi deputatlari 11 aprelda taklif etilgan qonun loyihasiga (320 deputat “ha” deb, 15 deputat esa “yo‘q” deb) ovoz berdi.

Tanqidchilarga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi prezident Vladimir Putin hukumatining internet ustidan nazorat o‘rnatish va senzura yuritish borasidagi urinishlarining bir qismidir.

“Suveren internet” deb ataluvchi qonun loyihasida Rossiyadagi internet trafigi va ma’lumotlari davlat nazoratidagi idoralardan o‘tishi majburiyligi hamda ichki domen nomlari tizimi bo‘lishi talab qilinmoqda.

Qonun loyihasi himoyachilari ushbu loyiha internetning Rossiya segmenti – Runetni yanada mustaqil qilishini iddao qiladi.

Ular bu Rossiyani potentsial kiberhujumlardan himoya qilishi uchun kerakligini aytmoqda.

Tanqidchilar esa u Rossiyadagi internet mustaqilligiga jiddiy putur yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Ayni loyiha hukumat taqiqlagan vebsaytlarni bemalol bloklash imkonini beradigan maxsus jihoz o‘rnatishni talab qiladi.

Hafta boshida Rossiyaning OAVni nazorat qiluvchi Roskomnadzor federal xizmati vakili qonun loyihasi mamlakatda mashhur xabar almashish ilova dasturini jilovlashga qaratilganini ochiq aytdi.

Aleksandr Jarov 9 aprelda TASS axborot agentligiga qonun loyihasi “taqiqlangan axborot tarqalishi oldini olishi”ni ta’kidladi.

Shunisi aniqki, to‘siq qo‘yishga harakat qilishning sabablaridan biri” onlayn resruslar, jumladan, “Telegram” xabar almashuv ilova dasturiga “qarshi kurash”dir, deya Jarovning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.

Kamida 4 ta onlayn nashr, jumladan, hukumatga qarashli “Rossiyskaya gazeta” Roskomnadzor vakilining “Telegram” xabarlar almashuv ilova dasturini bloklash haqidagi gaplarini olib tashladi.

2018 yil aprelida Rossiya “Telegram” rahbariyati foydalanuvchilarning havfsizlik xizmatlariga kanalning shifrlangan xabarlari bilan tanishish borasidagi sud qarorini bajarmagandan keyin uni bloklab qo‘ygan edi.

“Amnesty International ” tashkiloti vakiliga ko‘ra, yuqori lavozimli davlat amaldorlari ham, ularning raqiblari ham foydalanadigan “Telegram” kanalini bloklash Rossiyada “internetdagi so‘z erkinligiga qarshi hujumning so‘nggi bosqichi” bo‘ladi.

Ko‘plab rossiyaliklar o‘tgan yili Kremlning xabarlar almashuvchi ilova dasturini bloklashga urinishiga qarshi norotzilik bildirib, ko‘chalarga chiqqan edi.

XS
SM
MD
LG