Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2020, Тошкент вақти: 11:46

Zelenskiy va Poroshenko debatlar payti xalqi oldida tiz cho‘kdi


Ukraina poytaxti Kievdagi “Olimpiyskiy” stadionida 19 aprel kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovoldi debatlari payti Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodlar Petro Poroshenko va Vladimir Zelenskiy sahnada tiz cho‘kdilar

Ukraina poytaxti Kievdagi “Olimpiyskiy” stadionida 19 aprel kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovoldi debatlari payti Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodlar Petro Poroshenko va Vladimir Zelenskiy sahnada tiz cho‘kdilar.

Ukrainada prezidentlikka nomzod Vladimir Zelenskiy urush tugashi uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin oldida tiz cho‘kishga tayyor bo‘lganini eslab: “Men o‘z o‘g‘lini yo‘qotgan har bir ona, o‘z erini yo‘qotgan har bir ayol oldida tiz cho‘kishga tayyorman. Men bunga tayyorman va hozir buni qilaman. Siz ham buni qiling”, dedi Poroshenkoga qarab.

Shundan keyin Zelenskiy tiz cho‘kdi.

Poroshenko ham uning ortidan buni qaytardi va Ukraina bayrog‘ini o‘pdi.

Ukrainaning amaldagi prezidenti Poroshenko o‘zini Ukrainani Rossiya agressiyasidan asray oladigan yagona nomzod o‘laroq ko‘rsatib, ukrainaliklarni uni ikkinchi muddatga saylashga chaqirdi.

Poroshenko ukrain xalqining har qanday tanlovini qabul qilishini aytdi.

“22 aprelda hayot davom etaveradi hamda 22 aprelda davlatni himoya qilish uchun birlashishimiz lozim. Asosiysi – davlatni yo‘qotmaslik”, dedi Poroshenko.

Ukrainada prezident saylovlarining 2-bosqichi 21 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Oxirgi reytinglarga qaralsa saylovchilarning 70 foizi Zelenskiyga, 27 foizi Poroshenkoga ovoz berishga tayyor.

XS
SM
MD
LG