Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:43

Erkaklar soqolida it yungidan ko‘ra ko‘proq bakteriya yashashi aniqlandi


Fevral oyida European Radiology jurnalida chop etilgan ilmiy maqola mualliflari 18 nafar soqolli erkak va 30 itdan olingan namunalarni solishtirib, erkaklar soqolida it yungidan ko‘proq bakteriya borligini aniqladi.

Maqolada “izlanishlarimiz natijasi asosida itlar soqolli shaxslarga solishtirganda “tozaroq” deb hisoblash mumkin”, deyiladi.

O‘rganilgan 30 itning 23 tasida mikrob ko‘pligi kuzatilgan. Ammo tadqiqotda ishtirok etgan 18 nafar erkakning barchasida mikroblar soni ko‘pligi aniqlangan. Qolaversa, erkaklar soqolida kasallikka olib keluvchi bakteriyalar soni ham yuqoriroq bo‘lgan.

Tadqiqotchilar 3 oydan 13 yoshgacha bo‘lgan itlarning bo‘ynidan va kuraklari orasidan bakteriya namunalarini olgan. Shuningdek, 18 yoshdan 76 yoshgacha bo‘lgan erkaklar soqollaridan namuna olingan.

Maqola mualliflari erkaklar soqolida itlar yungidan ancha ko‘proq mikrob borligi, bo‘lganda ham ularning aksari kasallikka olib keluvchi mikroblar ekanini ta’kidlaydi.

Mualliflar izlanish ishtirokchilari soni oz bo‘lganini aytib, ushbu masala yaqindan o‘rganishi kerakligini aytishdi. Ular, shuningdek ayollar sochidan ham namuna olib, ulardagi mikroblarni ham o‘rganib chiqish lozimligini qo‘shimcha qilishdi.

Tadqiqotga Yevropadagi uch radiologiya markazi ishchilari xodimlarini qiziqtirgan savol turtki bo‘lgan. Qit’ada juda oz veterinar klinikasida faqat hayvonlar uchun mo‘ljallangan MRT bo‘lgani uchun, ular ayni MRT moslamasidan insonlarni ham, itlarni ham tekshirish qanchalik xavfsiz ekanligini aniqlashga bel bog‘lashgan. Buning uchun Shveysariyada joylashgan Hirslanden klinikasi xodimlari itlar va kishilarni tekshirish uchun foydalanilgan MRTlar tozaligini o‘rganib chiqqan.

Tadqiqot mualliflari shunday xulosa qilgan: “Odamlarni tekshirishda itlarni tekshirish uchun qo‘llanilgan MRTdan foydalanish hech qanday xavf tug‘dirmaydi”.

XS
SM
MD
LG