Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2020, Тошкент вақти: 23:20

Qozog‘istonda namoyishchilar prezident saylovini boykot qilishga chaqirmoqda (VIDEO)


Qozog‘istondagi eng yirik ikki shahar – Nur-Sulton va Almati markaziga o‘nlab odam to‘planib, siyosiy mahkumlarni ozod qilish va bo‘lajak prezident saylovini boykot qilishga chaqirmoqda.

Qozog‘istonni deyarli 30 yil idora qilgan Nursulton Nazarboev mart oyida prezidentlikdan iste’fo berishi ortidan mamlakatda prezident saylovi muddatdan oldin, ya’ni 9 iyunda bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.​

Ozodlik Qozoq xizmatining xabar berishicha, politsiya Nur-Sulton shahrida muxolifatning namoyishga chiqqan o‘nlab vakillarini ushlagan.

Huquq-tartibot idoralari vakillari va namoyishchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotdan so‘ngra ushlangan 10 nafar namoyishchi qo‘yib yuborilgan.

Lekin yana o‘nlab namoyishchilar politsiya avtobusida ushlab turilibdi.

E’tiroz namoyishiga chiqqanlar politsiya ushlanganlarning barchasini qo‘yib yubormas ekan, aksiyani to‘xtatmasliklarini aytmoqda.

Nur-Sulton shahrida maxsus politsiya kuchlari ushlanganlarning ba’zilarini rezina tayoqlari bilan kaltaklaganlar.

Avvalroq namoyishchilar o‘ngiga chiqqan prokuratura vakili, e’tiroz aksiyasini "noqonuniy" deb atagan va ulardan tarqalishni talab qilgan.

Poytaxtdagi Ostona konsert saroyi o‘ngidagi o‘nlab namoyishchilar ishtirokidagi yig‘inda "Odamlar charchagan " va "Hukumat iste’foga chiqsin” degan shiorlari yangragan.

Qozog‘istonning eng yirik shahri Almatida namoyishchilar markaziy xiyobonga to‘planib, “Uyat”, “Boykot”, “Menda tanlov bor”, “Siyosiy mahkumlarga ozodlik” degan shiorlarni aytib hayqirdilar.

Ruxsat etilmagan namoyishlar politsiyaning kuchli nazorati ostida bo‘lib o‘tmoqda.

Namoyishlar politsiya nazorati ostida bo‘lib o‘tmoqda
Namoyishlar politsiya nazorati ostida bo‘lib o‘tmoqda


Nursulton Nazarboev yetakchilik qilgan iqtidordagi “Nur Otan” partiyasi 23 aprelda qurultoy o‘tkazib, muvaqqat prezident Qasimjo‘mar To‘qaevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi.

Kuchli nazorat ostida bo‘lgan bu mamlakatda To‘qaevning g‘alaba qilishiga deyarli hech kim shubha qilmaydi.

Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan va o‘zini yagona muxolifat harakati deb atovchi partiya saylovni boykot qilishini e’lon qilgan.

Opponentlar, tanqidchi va inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, ko‘plab fuqarolarning tamal huquqlaridan mahrum qilgan Nursulton Nazarboev mamlakatdagi demokratik jarayonlarni manipulyatsiya qilish orqali o‘z hokimiyatini saqlab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG