Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 15:30

"Mirziyoev topshirig‘i" bilan 3 kunda uyi buzilgan jizzaxlik ayol adolat izlamoqda (VIDEO)


Jizzax viloyatining Baxmal tumani O‘smat shaharchasida yashaydigan Sayyora Tursunqulovaning buzilgan uyi, 1 may, 2019 yil

Jizzax viloyatining Baxmal tumani O‘smat shaharchasida yashaydigan Sayyora Tursunqulova fevral oyida 3 kun ichida uyi buzib tashlanganidan norozi bo‘lmoqda.

58 yashar ayol taqdim qilgan ogohlantirish xatida bu oiladan o‘zi yashab turgan uyini, zamonaviy talabga javob bermagani uchun, 3 kun ichida "buzib olishi" talab qilingan.

OzodMikrofon rukniga bog‘langan Sayyora Tursunqulovaning da’vosicha, 2019 yilning 28 fevralida uning uyiga borgan hokimiyat mulozimlari boshchiligidagi guruh qor sovug‘ida qolgan oilaning arziga quloq tutmagan va uyini buzib ketgan.

- Hozir sovuq. Hech bo‘lmasa, kunlar isiguncha kutib turinglar, desam ham quloq solishmadi. Sovuqda 13 xonali uyimning 10 ta xonasini buzib ketishdi. Uydan chiqqan qurilish materiallari qorda-yomg‘irda qolib, chirib ketdi. Ichim achiyaptida. Qolgan 3 tasini ham buzamiz, degan, meni yalinib ushlab turibman. Menga hech qanday moddiy yordam, vaqtincha yashab turishga joy, baholash komissiyasi - unaqa gaplar bo‘lmadi, - deb da’vo qiladi ayol.

U Ozodlikka nusxasini taqdim qilgan ogohlantirish xatida Tursunqulovadan O‘smat shaharchasi, Hamid Olimjon ko‘chasidagi uyini "Sh.M. Mirziyoevning 2019 yil 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan", "3 kun ichida buzib olishi" so‘ralgan.

Ogohlantirish maktubida aytilishicha, Tursunqulovaning uyi "tuman markazini qayta qurish", "rekonstruksiya qilish" kabi sabablar bilan buzilmoqda.

Tursunqulovaning da’vo qilishicha, unga buzilgan uyi evaziga ikkita taklif berilgan.

- Agar yerni tashlab chiqib ketsam, menga tovon puli berisharkan. Yoki o‘zingiz shu yerda pishiq g‘ishtdan, ikki qavatli qilib uy quring, ostki qavatida do‘kon bo‘lsin, deyishyapti. Bankdan kredit oling, deyishdi. Lekin, eng kami 16 foiz, qurilish uchun boshqa pul berishmas ekan, - deb da’vo qiladi Sayyora Tursunqulova.

Ozodlik bu ayolning shikoyati ortidan Baxmal tumani hokimligiga bog‘landi.

Ogohlantirish maktubini imzolagan hokim o‘rinbosari Abdunabi Quljonov bilan gaplashishning imkoni bo‘lmadi.

Hokimiyatning qurilish va buzilish ishlari bo‘yicha mutaxassislaridan biri, Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda, Sayyora Tursunqulova uyi buzilishidan 2018 yilda ogohlantirilgani, ayolga buzilgan uyi o‘rniga yangisini qurib olish uchun imkon berilganini aytdi. Ammo, buzilgan uyning haqqini kim to‘laydi va yangi quriladigan uyga pul beriladimi, kabi boshqa savollarni ochiq qoldirdi.

​Shuningdek, Tursunqulovadan o‘z uyini "Sh.M. Mirziyoevning 2019 yil 30-31 yanvarь kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan", "3 kun ichida buzib olishi" so‘ralgan ogohlantirish xatiga ham na Baxmal tumani, na Jizzax viloyati hokimligidan izoh olishning imkoni bo‘ldi.

Sayyora Tursunqulova ham mahalliy hokimiyatlar uning murojaatlarini javobsiz qoldirayotganini da’vo qilmoqda.

Уйи бузилган жиззахлик аёл адолат изламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:50 0:00

* * * * * * * * * * * * * * * * *
OzodMikrofon​ rukni ostida berilaëtgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG