Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:46

AQSh “geylardan tozalash”ga mas’ul chechen rasmiylariga sanksiya joriy qildi


AQSh rasmiylari yaqinda Chechenistonning “geylardan tozalash”ga aloqasi bor huquqni muhofaza qiluvchi maxsus bo‘linmaga nisbatan moliyaviy sanksiya joriy qildi.

Bu maxsus otryadning “ovi” o‘nlab gey va biseksuallarning qamoqqa olinishi, ba’zi hollarda esa ularning qiynoqlarga solinishiga sabab bo‘ldi.

Bu amaliyotlar tepasida turgan

16 mayda tarqatilgan bayonotda aytilishicha, AQSh Moliya vazirligi 2015 yili Chechenistonning Rossiya muxolifati yetakchisi Boris Nemsovga suiqasd qilishda qo‘li borligi gumon qilingan yuqori lavozimli amaldoriga sanksiya joriy etgan edi.

Jismoniy shaxslarga, 2012 yili qabul qilingan “Magnitskiy akti”ga ko‘ra, sanksiya qo‘llangan edi. O‘sha qonun va uning 4 yil oldin kengaytirilgan varianti AQSh rasmiylariga Rossiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida inson huquqini buzgan kishilar va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llash vakolatini beradi.

Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi AQSh sanksiyalariga qarshi “javob choralari” ko‘rilishini ma’lum qildi.

AQSh Savdo vazirining terrorizmga qarshi kurash va moliyaviy razvedka masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sigal Mandelker sanksiyalar “Terek” maxsus tezkor javob guruhi deb ataluvchi bo‘linmaga nisbatan joriy qilingani haqida bayonot berdi.

“Terek” bo‘linmasi va komandiri Abuzayd Vismuradov Chechenistonda geylarga ov uyushtirganlikda gumon qilinmoqda.

Rossiyalik va xalqaro inson huquqi faollari 2017 yil boshida Chechenistonda “geylardan tozalash” ro‘y bergani haqida ogohlantirgan edi. Hibsga olishlarning ikkinchi bosqichi 2018 yil oxiri va 2019 yil boshlarida o‘tkazilgani xabar qilindi.

Chechenistonlik yana bir amaldor Ruslan Geremeevga nisbatan Nemsovni o‘ldirish rejasini tuzganlikda gumon qilinib, sanksiya joriy qilingan edi. Ma’lumki, Nemsov 2015 yil fevralida Kreml devoridan qanchadir metr uzoqlikda otib tashlangan edi.

Geremeev Chechenistonning mash’um “Sever” harbiy bo‘linmasi komandiri va respublika rahbari Ramzan Qodirovning yaqin do‘stidir. Qodirovga nisbatan ham “Magnitskiy akti”ga ko‘ra sanksiya joriy qilingan.

Nemsovning yaqin o‘rinbosarlaridan biri Vladimir Kara-Murza Geremeevga nisbatan qo‘llangan chorani “inqilobiy” deb atadi.

Sanksiya joriy qilish to‘g‘risidagi bayonotga Kreml tezkor munosabat bildirmadi. Biroq o‘ziga nisbatan qo‘llangan ilgarigi sanksiyaga mazaxomuz munosabat bildirgan Qodirov bu safar “Telegram”dagi kanalida istehzoli izoh qoldirdi.

“Men ushbu qog‘ozbozlarni rasman ogohlantirib aytamanki, endi barchangiz bizning ro‘yxatlarga tushdingiz! ‒ deb yozdi u. ‒ Bizni sun’iy ravishda dushman qilayotganlarga aytmoqchiman: agar qoningizda zarracha mardlik bo‘lsa, biznikiga mehmonga keling va sizga bir umr esingizdan chiqmaydigan va nevaralaringizga so‘zlab yuradigan “Magnitskiy ro‘yxati”ni tuzib beramiz”.

16 may kuni yana Rossiya shimolidagi Kareliya Respublikasi qamoqxoansi boshlig‘i hamda Magnitskiyning o‘limiga aloqadir erkak bilan ayolga nisbatan ham sanksiya joriy qilindi. Qonun o‘sha kishining nomi bilan ataladi. Magnitskiy Rossiya xazinasidan 230 million AQSh dollari o‘g‘irlangani va ommaviy soliq qallobligi jinoyatini fosh qilishda yordam bergan edi.

Keyinchalik Rossiya rahbariyati uning o‘zini qalloblikda ayblab, qamoqqa tashladi va u o‘sha yerda kasalligi va noqonuniy munosabatlar oqibatida o‘lgan edi. Huquq faollari unga nisbatan qiynoqlar qo‘llanganini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG