Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2021, Тошкент вақти: 14:44

MIB va boshqa «organ»larga tushayotgan to‘lovlarning katta qismi davlat byudjetiga tushmasligi to‘g‘rimi?


"Jarima va boshqa majburiy to'lovlarning juda katta qismi davlat byudjetiga o‘tmasdan huquq-tartibot tashkilotlarining o‘z tasarrufida qolayotganligining qonuniy ekanligiga shubha yo‘q, ammo ushbu qonunlarning davlat va xalq manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinganligiga asosli shubha mavjud".

Bu o‘zbekistonlik Mirzo Subxanovdan kelgan xulosadir. Shubhalariga nima asos bo‘lganini u quyida e’lon qilayotganimiz blogida bayon qilgan.

O‘zbekiston respublikasi Byudjet kodeksining 50-moddasiga asosan davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va boshqa majburiy to‘lovlar orqali shakllanishi qat’iy belgilangan. Shunga qaramasdan, fuqaro va tashkilotlar tomonidan MIB va boshqa huquq-tartibot organlariga to‘lanayotgan jarima va majburiy to‘lovlarning juda katta qismi davlat byudjetini chetlab tashkilotning o‘z tasarrufida qolishi belgilangan.

Masalan, Vazirlar mahkamasining 10.07.2017 yildagi 484-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Iste’molchilarni elektr energiya, gaz, ichimlik suvidan uzib qo‘yish tartibi» to‘g‘risidagi nizomning 23-moddasida:
«Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda iste’molchi-jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari (405 460.00 so‘m) miqdorida, iste’molchi-yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari (2 027 300,00 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi, ushbu mablag‘lar qayta ulashni amalga oshirgan Byuro bo‘linmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi».

Nizomning 24¬1- moddasida esa:
«Iste’molchilarni elektr, gaz, ichimlik suviga qayta ulashdan tushgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
• 25 foizi ― Byuro markaziy apparatining hisob raqamiga o‘tkaziladi;
• 25 foizi ― Byuroning tegishli hududiy boshqarmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi;
• 50 foizi ― Byuroning tumanlar (shaharlar) bo‘limlari ixtiyorida qoladi» - deb ko'rsatilgan.

Aholi va tashkilotlar tomonidan to‘lanayotgan ushbu majburiy to‘lovlarning davlat byudjetiga yo‘naltirmasdan to‘liq majburiy ijro byurosi ixtiyorida qolayonganligi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelmoqda. Byuro xodimlari davlat va xalq manfaatlarini himoya qilish va davlat byudjetini to‘ldirish uchun emas, balki o‘z tashkilotlarining shaxsiy hisobini to‘ldirish maqsadida iste’molchilarni jarimaga tortgan bo‘lmoqda.

Jarima va majburiy to‘lovlarning davlat byudjetiga yo‘naltirilmaydigan qismi shu darajada ko‘pki MIB bo‘limlari, viloyat prokuraturalari, DXX boshqarmalari va boshqa huquq-tartibot organlarida to‘plangan mablag‘lar omonat sifatida tijorat banklariga qo‘yilgan va ular bo‘yicha daromad olinadi.
Huquq-tartibot organlarining banklarga omonat qo‘yib daromad olayotganligi ularning tijorat bilan ham shug‘ullanayotganligidan dalolat beradi va ularning mustaqil nazorat qiluvchi organ sifatidagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini alohida aytib o‘tish kerak.

Mirzo Subxanov

XS
SM
MD
LG