Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:11

Tojikistonda so‘nggi 100 yilda misli ko‘rilmagan yomg‘ir yog‘ib, bir kishi halok bo‘ldi


Konibodomdagi qabristonni ham suv bosdi.

Tinimsiz yoqqan yomg‘irlar oqibatida Tojikistonning to‘rtta mintaqasida yuz bergan suv toshqinlari va seldan bir kishi halok bo‘ldi va yuzlab uylar va uy-joylar ziyon ko‘rdi.

Bir kecha-kunduzda Tojikistonda yetti oylik me’yorda yomg‘ir yog‘di. Meteorologlarning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda bu kabi yog‘ingarchilik so‘nggi 90 yilda kuzatilmagan edi. Aslida yog‘ingarchilik may oyida tugaydi, yoz faslida yog‘ingarchilik qisqa bo‘ladi va xavf tug‘dirmaydi. Kuni kecha Xatlon tumaning Bandar qishlog‘iga sel keldi. 18 yoshli Me’rojiddin Nabiev halok bo‘ldi.

Sel Bandar markazini yuvib ketdi. Mahalliy aholi tomonidan suratga olingan videoda yo‘l qoplamalari, ekinzorlar va uy-joylarni suv yuvib ketgani ko‘rinib turibdi. Qutqaruvchilarning so‘zlariga qaraganda, qisman qishloq ko‘prigi buzilgan, ammo turar-joylariga ziyon etmadi.

«Turar joylar buzilmadi. Bir narsani aytishim mumkin, ayrim yerto‘lalarni suv bosdi, ko‘rilgan tadbirlar natijasida talofat bartaraf etildi», – dedi "Nastoyashchee vremya" telekanaliga Favqulotda vaziyatlar Qo‘mitasi matbuot markazi boshlig‘i Umeda Yusupova.

Rudakiy tumanida 18 ta uyni suv bosdi. Uy egalari bino devori turgan bo‘lishiga qaramay bor mol-mulklaridan ayrilganiliklaridan shikoyat qilishmoqda. Sel oqimlari shu kunlarda mamlakatning markaziy qismidagi ikkita tuman va Xatlon viloyatining ikkita tumaniga ziyon yetkazdi. Hozircha ko‘rilgan umumiy zarar miqdori hisoblab chiqilmagan.

«Rudakiy tumanida sel oqimi oqibatida 18 ta uy-joy zarar ko‘rdi. Xuroson tumanida sel tufayli 70 ta uy-joyga ziyon yetdi. Ta’kidlanganidek, qisman bitta ko‘prik va mahalliy aholiga tegishli boshpana ziyon ko‘rdi. Farxor va Vose tumanlarida ayni damda ko‘rilgan zarar miqdori hisoblab chiqilmoqda, shu sababli aniq ma’lumotlar yo‘q, chunki hodisa yarim tunda yuz berdi. Ayni damda bu masala bo‘yicha ish olib borilmoqda», – deyiladi matbuot markazi xabarida.

Meteorologlarning prognozlariga qaraganda, hafta oxirlariga qadar yog‘ingarchilik kutilmoqda. Ayrim tumanlarda sel kelish xavfi saqlanib turibdi.

«Hissor tog‘ tizmasi janubi - Varzob mintaqasida, shuningdek Xatlon viloyatining tog‘li tumanlari va So‘g‘d viloyatining tog‘oldi mintaqalarida sel kelishi va daryo sathining ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu mintaqalarda jala kelishi kutilmoqda va yog‘ingarchilik oylik me’yordan oshib ketishi mumkin», – deydi Tojikiston Gidrometmarkazi boshlig‘i Jamila Baydulloeva.

Qaerda sel kelgan bo‘lsa o‘sha yerda harbiy xizmatchi va qutqaruvchilar faoliyat yuritmoqda. Favqulotda vaziyatlar qo‘mitasi rahbariyatining aytishicha, odamlarga suvni chiqarib tashlash, uy va hovlilarni balchiqdan tozalashlari, devorlarni tiklashga yordam berilmoqda. Jabrdiydalarga tovon puli berilishi hozircha aniq emas. Buni maxsus hukumat komissiyasi hal qiladi.

XS
SM
MD
LG