Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:59

OzodDayjest: Korrupsiyaga qarshi kurashda “qo‘yni bo‘riga topshirmaslik” lozimligi aytildi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Suv bosgan aeroportni Prezident devoni huzuridagi korxona qurgani savollar paydo qildi. Jurnalist K. Bahriev korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyaga mansabdorlar kiritilishini savol ostiga oldi. 2000 dan ziyod qabriston holati tanqidiy baholandi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Suv bosgan Toshkent aeroportini Prezident devoni huzuridagi korxona qurgani e’tiroz uyg‘otdi

Kuchli yomg‘ir oqibatida suv bosgan Toshkent aeroporti O‘zbekiston prezidenti devoni ishlar boshqarmasi huzuridagi qurilish korxonasi tomonidan, “TashGIPROGOR” loyihasi asosida barpo etilgan. Bu haqda aeroport vakili Gazeta.uz nashriga ma’lum qilgan. Davlat tashkiloti qurilish bilan shug‘ullangani esa jamoatchilikda e’tiroz uyg‘otgan. “Nega (prezident) devonidek muhim idora xo‘jalik faoliyati va qurilish bilan shug‘ullanadi? Xo‘sh, endi sifat uchun kim javob beradi? Nega biz hamon davlat idoralari qoshida unitar korxonalarni ko‘paytirishda davom etmoqdamiz?” deya mas’ullarni savolga tutgan SmartGov Consulting konsalting kompaniyasi direktori Aziza Umarova ijtimoiy tarmoqda. Mutaxassisga ko‘ra, aeroport qurilishi loyihasida nafaqat kuchli yog‘ingarchilik, balki xavfsizlik qoidalari ham inobatga olinmagan. Buning ustiga, Toshkent shahridagi muhandislik inshootlari, irrigatsiya va kanalizatsiya tarmoqlari hujjatlari ham sovet davrida bo‘lgani kabi asossiz ravishda maxfiy tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatida Toshkent xalqaro aeroporti tomidan chakki o‘tib, terminalni suv bosdi, toshqin yo‘lovchilarni tashish va uchish-qo‘nish yo‘laklarigacha kirib bordi. Bino o‘tgan yil yozida foydalanishga topshirilgan edi.

Taniqli jurnalist Karim Bahriev korrupsiyaga qarshi qanday kurashish kerakligini aytdi

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 27 mayidagi farmonida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan taniqli jurnalist Karim Bahriev bu boradagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi (“Darakchi”, 6 iyun). Farmonda Senat raisi boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiya tuzish belgilangan. K. Bahriev esa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyaga amaldorlar kiritilishini savol ostiga olgan. “Mansabdorlarga korrupsiyani tugatish uchun pul ajratish piyonistalarga ichkilikbozlikni tugatish uchun bir necha vagon aroq ajratish bilan barobardir va korrupsiyaga qarshi kurashga atalgan mablag‘lar ham korrupsion sxemalarning qurboni bo‘lib, talab yuborilmasligiga kafolat yo‘qdir”, degan K. Bahriev. Qayd etilishicha, odil sudlov va huquq tizimi, so‘z erkinligi va fuqarolik jamiyati vakillarisiz korrupsiyani yengib bo‘lmaydi. Shuningdek, muallif naqafat davlat amaldorlari, balki ularning yaqin qarindoshlari daromadi ham deklaratsiya qilinishi lozimligini ta’kidlagan.

Adliya vazirligi qabristonlardagi holatni tanqidiy baholadi

Adliya vazirligi mamlakatdagi qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish holatini o‘rganib, bir qator kamchiliklarni aniqladi (“Inson va qonun”, 4 iyun). Mamlakat bo‘yicha 10457 ta qabriston faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 2248 tasi ekologik, sanitariya va shaharsozlik me’yorlariga javob bermaydi. Aksar qabristonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish, uy hayvonlari boqish kabi holatlar kuzatilgan. Ayrim qabristonlar hududiga esa noqonuniy turarjoylar qurilgan. Adliya vazirligi qabristonlardagi holatni yaxshilash yuzasidan bir qator takliflar bildirgan, jumladan, ularni obodonlashtirishga davlat-xususiy sheriklik mexanizmini (autsorsing) joriy etish tavsiya etilgan.

XS
SM
MD
LG