Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:17

Prokuraturani matbuotga ochib bergan Otabek Murodov ishdan olindi


O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov
O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining 20 iyunda xabar berishicha, O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov o‘z vazifasidan ozod etildi.

Prezident imzosi bilan chiqqan farmonda Otabek Murodovning mamlakat Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga muvofiq lavozimidan ozod etilgani aytilgan.

Konstitutsiyaning 93 moddasi 12 bandiga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti Bosh prokurorini tayinlaydi va uni lavozimidan ozod qiladi.

Otabek Murodov 2018 yilning yanvarida Ixtiyor Abdullaev o‘rniga bosh prokuror bo‘lgandi.

Otabek Murodov o‘rniga Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlangan.​

"Yurasan surgunda"

Otabek Murodovning nima uchun ishdan olingani haqida ma’lumot yo‘q.

Ammo roppa rosa olti oy muqaddam Otabek Murodov prezident Shavkat Mirziyoevning keskin tanqidiga uchragandi.

“Ey prokuror, eshit¸ agar jinoyat kamaymasa, Boysunga prokuror qilib yuboraman. Yurasan surgunda."

Bu gapni Prezident Mirziyov shu yilning 10 yanvarida Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan selektor yig‘ilishida jinoyatlar soni ko‘payganidan norozi bo‘lib aytgandi.

Prezident ogohi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda bosh prokuror Otabek Murodov ishdan olingani, uning o‘rniga esa ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tayinlangani haqida turli xabarlar urchidi.

Ammo bu xabarlar Bosh prokuratura tomonidan rasman inkor etildi.
Adliya vaziri, senator

57 yashar Nig‘matulla Yo‘ldoshev Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U 1987 yildan 2011 yilgacha prokuratura tizimida turli lavozimlarda ishlagan, xususan, 2008-2011 yillarda Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lgan.

Nig‘matulla Yo‘ldoshev 2011 yilda O‘zbekiston Adliya vaziri lavozimiga tayinlangan va bu lavozimda 2015 yil yanvariga qadar ishlagan.

U 2015 yil yanvarida prezident qarori bilan senator etib tayinlangan, 2015 yilning 22 yanvarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan Senat raisi lavozimini egallagandi.

XS
SM
MD
LG