Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:16

Dushanbe shahrida olti yashar qizaloq tiriklayin yoqib yuborildi


Tez yordam mashinasi, Dushanbe
Tez yordam mashinasi, Dushanbe

Dushanbe shahri Sino tumani hududida tiriklayin yoqib yuborilgan 6 yashar qizaloq og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Hodisa 19 iyun kuni yuz bergan.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi 22 iyun kuni rasmiy bayonot tarqatib, “bu hodisaga aloqador uch nafar balog‘atga yetmagan shaxs hibsga olindi”, deya xabar berdi.

Yuz bergan hodisani Dushanbe shahar prokuraturasi tergovchilari o‘rganmoqda.

Hozirgacha 6 yashar qizaloqning tiriklayin yoqib yuborilgani sababi e’lon qilingani yo‘q.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, prezident Emomali Rahmon hodisa yuzasidan xavotir izhor etgan.

21 iyun kuni Tojikiston hukumati yalpi majlisi bo‘lib o‘tgan esa-da, mazkur hodisa haqida prezident matbuot xizmati rasmiy xabarida hech narsa deyilgani yo‘q.

Rasmiylarga ko‘ra, Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirining shaxsan o‘ziga "majruh qizni tabobat qilish va qarash" vazifasi topshirilgan.

21 iyun kuni "Faraj" veb sayti Dushanbe shahrining Ro‘dakiy tumani Choryakkoron mahallasida olti yashar qizaloqning yoqib yuborilgani haqida xabar bergandi.

Veb saytning yozishicha, hodisa "olti yashar qizaloq dugonalari bilan o‘z uyi o‘ngida o‘ynayotgan paytda yuz bergan".

"Balog‘atga yetmagan bolalar qizaloqni simto‘rga bog‘lab, yoqib yuborganlar," deya xabar berdi "Faraj" veb sayti.

Qizaloqning otasi Sherzod Zulfonovning "Faraj" saytiga ma’lum qilishicha, "bu jinoyatni bekorchilikdan u qishloqma qishloq sang‘ib yuruvchi boshqa qishloqning bolalari sodir etganlar."

Uning shifokorlar so‘zlariga tayanib aytishicha, qizaloq tanasining 65 foizi kuygan.

XS
SM
MD
LG