Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 18:39

AQSh O‘zbekistonni diniy toqatlilik eng yomon bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatidan olib tashladi


AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonni oxirgi 13 yilda birinchi marta diniy toqatlilik bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichga ega mamlakatlar ro‘yxatidan olib tashladi.

Davlat kotibi Mayk Pompeo, 21 iyun kuni diniy erkinliklar haqidagi AQSh Davlat departamentining yillik hisobotini taqdim etarkan, O‘zbekiston erishgan yutuqlarga alohida to‘xtaldi.

O‘zbekistonda hali ko‘p ishlar qilinishi kerak, ammo 13 yil ichida birinchi marta O‘zbekiston alohida xavotirga molik davlatlar sirasiga kiritilgani yo‘q”, dedi Pompeo Vashingtonda bo‘lib o‘tgan anjumanda.

"Biz [diniy guruhlarni] ro‘yxatga olish bo‘yicha huquqiy islohotlar o‘tkazilishiga umid qilib qolamiz. O‘shanda ko‘proq guruhlarda erkin ibodat qilish va bolalarda ota-onalari bilan masjidlarga borish imkoni paydo bo‘ladi”, dedi Pompeo.

Uch yil muqaddam hokimiyat tepasiga kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatni oldingi avtoritar prezidentdan meros qolgan izolyatsiyadan olib chiqishga harakat qilmoqda.

"O‘zbekiston 1500dan ziyod diniy mahkumlarni ozod qildi va diniy qarashlari uchun qora ro‘yxatga kiritilgan 16 ming odamga yana xorijga chiqishlariga ruxsat berdi," dedi Pompeo hisobotni taqdim etarkan.

Bu Qo‘shma Shtatlarga O‘zbekistonni Eron, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va Tojikiston kabi diniy erkinliklar cheklangan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarib tashlashiga imkon berdi.

Davlat departamentining diniy erkinliklar bo‘yicha yillik hisoboti o‘tgan yil davomida diniy erkinliklarni yaxshilash sari O‘zbekiston tashlagan boshqa odimlarga, jumladan BMT vakili tatbiq etishni so‘ragan 12ta tavsiyadan iborat rejani ham qabul qilganiga e’tibor qaratgan.

O‘zbekiston 2018 yilda oxirgi 8 yil ichida birinchi marta cherkovni ro‘yxatga oldi va "Iegova Guvohlari"ni politsiya tomonidan ta’qib etilishini to‘xtatdi.

Davlat departamenti hisobotiga ko‘ra, "Iegova guvohlari" guruhini ta’qib etish 50 foizdan ko‘proqqa ozaygan.

2018 yil dekabrida O‘zbekiston hukumati "Iegova guvohlari" kabi diniy tashkilotlar va guruhlarga qarshi reydlarni to‘xtatishini e’lon qildi, lekin mazkur bayonotdan keyin kamida bir reyd amalga oshirildi, deyiladi hisobotda.

Unda qo‘shimcha qilinishicha, vaziyat yaxshilangan esa-da, mamlakat rasmiylari hali ham diniy erkinliklarga to‘sqinlik qilishga urinmoqda.

Rasmiy Toshkent o‘tgan yili katolik yoshlarining yozgi lagerini taqiqlab qo‘ydi, Ta’lim vazirligi esa bolalarga hijob o‘rashni taqiqlovchi yangi dress-kodni joriy etdi.

XS
SM
MD
LG