Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:57

Markaziy bank: aholi jamg‘armasi o‘rtacha hajmi 1134 dollarga teng


Markaziy bank binosi, Qarshi
Markaziy bank binosi, Qarshi

Markaziy bank shu yilning 31 mayidan 13 iyuniga qadar aholi orasida anonim tarzda o‘tkazilgan so‘rov natijasini ma’lum qildi.

Markaziy bank bayonotiga ko‘ra, so‘rov natijasida respublikaning turli viloyatlarida yashayotgan respondentlar jamg‘armasining o‘rtacha miqdori bir kishiga 1 ming 134 dollarni (xorij valyutalar rasmiy kursida 9 million 600 ming so‘m -tahr.) tashkil qiladi, degan xulosaga kelingan.

O‘zbekistonda eng kam ish haqi (shu kunda bu atama “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori" deb o‘zgartirilgan - tahr.) 577 ming 170 so‘mni tashkil qiladi. ​Bu esa Markaziy bankning hozirgi kursida (8535 so‘m) 67 AQSh dollariga teng.

Shuningdek, so‘rovda qatnashgan jami 2 mingdan oshiq respondentning 54 foizi o‘z jamg‘armasini chet el valyutasida saqlashini bildirgan.

Aytilishicha, so‘rov onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘tkazilgan. Respondentlarning qariyb 60 foizi mamlakat icharisidan turib ishtirok etgan, bulardan 10 foizi O‘zbekistondan chetga qatnab savdo qiladiganlardir.

"2019 yilning I choragi davomida O‘zbekistondan chet elga chiqqan rezidentlar soni 2,5 mln. kishiga tengligi hisobga olinsa, joriy yilning yanvar-mart oylarida tijorat maqsadida xorijga olib chiqilgan tovarlarning jami qiymati 187 mln. dollar miqdorida baholandi", deyiladi bank hisobotida.

Aslida bu so‘rov bankning to‘lov balansi va xalqaro maydondagi investitsiyaviy statistikani yaxshilash maqsadida o‘tkazilgan.

"Xulosa qilib aytganda, so‘rovnomaning chet el valyutasidagi jamg‘armalar, shuningdek, chet eldan olinadigan moliyaviy yordamning (joriy transfertlar) miqdori bo‘yicha natijalari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tavsiyalari asosida Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan ekspert baholashlariga yaqin kelmoqda", deyiladi hisobotda.

Ishtirokchilardan chet el valyutasidagi jamg‘armalari, mamlakatga olib kirgan yoki chiqqan tovarlari va chet eldan yaqinlari jo‘natayotgan pul miqdori haqida so‘ralgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, respondentlarning 50 foizi chet elda qarindoshi borligi, bulardan 59 foizi chetdan moliyaviy yordam olishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG