Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:59

Kamoliddin Rabbimov: O‘zbek jamiyati qurolga egalik qilishga tayyor emas


O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risida”gi qonun ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarni kuchaytirib yubordi.

Oliy Majlis Senatining 21 iyun kungi majlisida davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asosda egalik qilayotgan va foydalanayotgan qurol muomalasini tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi qonuni ma’qullandi.

Shu paytgacha O‘zbekistonda qurol bilan bog‘liq qonun qabul qilinmagan edi.

Qonunni ishlab chiquvchilar maqsad quroldan kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish, har bir tig‘, gilza yoki gaz ballonchasini nazoratda ushlab turish ekanini aytishadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa qonun qabul qilinishi bilan "hamma qurol sotib olsa, noxush hodisalar ko‘payib ketadi", degan xavotirlar yangarmoqda.

Xo‘sh, aslida bu qonun nega kerak bo‘lib qoldi? Amaldagi tartib qanaqa?

Ozodlik shu savollarni Fransiyada yashayotgan o‘zbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovga berdi.

Камолидин Раббимов: Ўзбек жамияти қуролга эгалик қилишга тайёр эмас
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:17 0:00
Бевосита линк

Oliy Majlis Senati ma’qullagan hujjatda qonuniylik, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda saqlash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash haqida gap boradi.

Qonun loyihasida qurollar fuqaroviy, xizmat hamda jangovar qurollarga bo‘lingan.

Fuqaroviy qurollar o‘z navbatida ov quroli, sport quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish quroliga bo‘linadi.

Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulkni himoya qilishga, tabiatni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus xat-xabarlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni bajarish chog‘ida yuridik shaxslarning xodimlari, shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida foydalanish uchun mo‘ljallangan qurol xizmat quroli jumlasiga kiradi.

Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa tuzilmalar tomonidan qo‘llaniladigan, jangovar harakatlarni olib borish hamda xizmat vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan qurol jangovar qurol jumlasiga kiradi.

Qonunda qurolni va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar ro‘yxati ham belgilangan.

Kuchga kirishi uchun qonun Oliy Majlis tasdig‘idan o‘tishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG