Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 17:03

Tomidan chakki o‘tib¸ suv bosgan Toshkent xalqaro aeroporti tunda svetsiz qoldi


Тошкентдаги Халқаро Ислом Каримов аэропортини сув босди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:10 0:00

Toshkentdagi Xalqaro Islom Karimov aeroportini suv bosdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 23 iyundan 24 ga o‘tar kechasi 40-45 minut chamasi elektr bo‘lmadi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan aeroport yo‘lovchilarining aytishicha¸ tungi soat 3 larda O‘zbekistonning bosh havo darvozasi bo‘lgan bino qorong‘ulikka cho‘mgan va “katta to‘polon" yuzaga chiqqan.

Biror odam bu yerdagilarga nima bo‘lganini tushuntirmadi¸ hech kim yo‘lovchi-mijozlardan hatto uzr ham so‘ramadi. Bizga hokimiyatga arz qilinglar¸ ayb bizdamas¸ deb qutulishdi”¸ deydi xalqaro aeroportda elektr uzilganiga o‘zi bevosita guvoh bo‘lgan yo‘lovchilardan biri.

Toshkent xalqaro aeroporti mulozimi 24 iyun kuni Ozodlikka shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi¸ ammo sabablari haqida izoh bermadi.

“Toshkent aeroportiga xush kelibsiz”¸ deya suhbatni ironiya bilan tugatdi aeroport mulozimi.

O‘zbekiston Transport vazirligiga yaqin mulozimning Ozodlikka aytishicha¸ 23 iyundan 24 ga o‘tar kechasi “aeroportning yarim soatdan ko‘proq elektrsiz qolgani haqida rasman hisobot berilgan”.

Aeroportga xizmat qiladigan uchta podstansiya bor. Aql bovar qilmaydigan joyi¸ ularning uchalasi ham ishlamay qolgan. Agar uchish-qo‘nish yo‘lagidagi yoritish ishlamay qolsa¸ rezerv sistemasi ham ishlamaydi. Aeroport rahbariyati uchun bu sharmandalik! Biror narsani eplay olmayapti bular – kuchli yomg‘ir yog‘sa¸ tomidan suv o‘tadi¸ svet yo‘q¸ yap-yangi bino bo‘lmasa! Bu bino o‘zi juda katta yolg‘on va aldamchilik bilan qurilgan va hozircha hech kim mas’uliyatni zimmasiga olmayapti”¸ dedi bu haqda matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan Toshkent hukumatiga yaqin mulozim.

3 iyunbkuni kuchli yomg‘ir oqibatida suv bosgan Toshkent aeroporti O‘zbekiston prezidenti devoni ishlar boshqarmasi huzuridagi qurilish korxonasi tomonidan, “TashGIPROGOR” loyihasi asosida barpo etilgan.

Bu haqda aeroport vakili mahalliy nashrlarga ma’lum qilgan.

Davlat tashkiloti qurilish bilan shug‘ullangani esa jamoatchilikda e’tiroz uyg‘otgan. “Nega (prezident) devonidek muhim idora xo‘jalik faoliyati va qurilish bilan shug‘ullanadi? Xo‘sh, endi sifat uchun kim javob beradi? Nega biz hamon davlat idoralari qoshida unitar korxonalarni ko‘paytirishda davom etmoqdamiz?” deya mas’ullarni savolga tutgan SmartGov Consulting konsalting kompaniyasi direktori Aziza Umarova ijtimoiy tarmoqda.

Mutaxassisga ko‘ra, aeroport qurilishi loyihasida nafaqat kuchli yog‘ingarchilik, balki xavfsizlik qoidalari ham inobatga olinmagan. Buning ustiga, Toshkent shahridagi muhandislik inshootlari, irrigatsiya va kanalizatsiya tarmoqlari hujjatlari ham sovet davrida bo‘lgani kabi asossiz ravishda maxfiy tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatida Toshkent xalqaro aeroporti tomidan chakki o‘tib, terminalni suv bosdi, toshqin yo‘lovchilarni tashish va uchish-qo‘nish yo‘laklarigacha kirib bordi. Bino o‘tgan yil yozida foydalanishga topshirilgan edi.

O‘zbekiston tarixidagi qimmat qurilishlardan biri bo‘lgan bu inshootning davlat byudjetiga qanchaga tushgani haqida hozirgacha jamoatchilikka ochiq ma’lumot berilmagan.

XS
SM
MD
LG