Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:00

Tramp Eron oliy rahbari va "Inqilob posbonlari" rahbarlariga qarshi sanksiya joriy qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga yangi sanksiyalarni joriy qilish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Yangi sanksiyalar nishonga oluvchi shaxslar orasida Eron oliy rahbari Oyatullloh Ali Xomanaiy ham bor.

24 iyun kuni Tramp yangi sanktsiyalar Xomanaiy va unga yaqin shaxslarning “muhim moliyaviy resurslar va yordamdan foydalanishini” cheklashini, bu chora Eronning keyingi haftalardagi “ig‘vogarona” harakatlariga javob ekanligini ta’kidladi.

AQSh prezidentni Eron o‘zining “xavfli faoliyati va rejalarini”, jumladan, yadroviy qurol va ballistik raketa ishlab chiqarish urinishlari hamda terrorizmni qo‘llashni to‘xtatmagunicha mamlakatga bosim o‘tkazishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin Tramp unga Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifga qarshi sanksiya joriy qilishga ruxsat berganini aytgan edi.

Kuzatuvchilarning aytishicha, AQSh prezidentining bu qarori prezident ma’muriyati Eron bilan ziddiyatni yo‘qotishga urinmayotganidan darak beradi.

Zarif Tramp ma’muriyatini “urushga chanqoqlikda” aybladi.

Eronning BMTdagi vakili Majid Taxt Ranachi esa o‘z mamlakati sanksiyalar tahdidi ostida AQSh bilan muzokara olib bormasligini ta’kidladi.

Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abbos Musoviy AQShning Xomanaiy va Zarifga qarshi “foydasiz” sanksiyalar diplomatiya eshiklarini butunlay yopganini aytdi.

21 iyun kuni Tramp Eronni xalqaro havo hududida uchuvchisiz boshqariladigan razvedka dronini urib tushirishda ayblab, mamlakatga qarshi harbiy hujum uyushtirish rejasini tasdiqlaganini, ammo keyinroq o‘z fikridan qaytganini ma’lum qilgan edi.

Eron esa AQSh razvedka droni o‘z havo hududiga uchib o‘tganida urib tushirilganini aytib, AQShning “har qanday agressiyasiga qarshi tegishli javob qaytarishga tayyor”ligini ta’kidladi.

Oy boshida Ummon ko‘rfazida ikki neft tankeriga hujum qilingan, AQSh hujumlarda Eronni ayblagan edi. Ammo Tehron bu ayblovlarni rad etib keladi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 24 iyun kuni Saudiya Arabistoni hamda Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilari bilan uchrashdi. Pompeo ular bilan birga Tehronga qarshi koalitsiya tuzishni istaydi.

Bu orada Tramp Eron bilan mojaro boshlashni xohlamasligini, Tehron bilan tez orada kelishuvga erishishga umid qilishini aytdi.

24 iyun kuni imzolangan sanksiyalar Eron "Inqilob posbonlari"ning sakkiz nafar yuqori mulozimini ham nishonga oladi.

Sanksiyalar ularning AQShdagi mulkini muzlatib, har qanday shaxs yoki shirkatning ular bilan moliyaviy hamkorlik qilishini cheklaydi.

Sanksiyalar milliardlab dollar qiymatga ega Eron mulklarini muzlatib qo‘yadi.

Tramp 2015 yilda AQSh Eron bilan tuzilgan xalqaro shartnomadan chiqishini e’lon qilganidan beri ikki davlat munosabatlari keskinlashib bormoqda.

AQSh prezidenti 2018 yildan beri 900 dan oshiq eronlik shaxs va shirkatga qarshi sanksiya joriy qildi.

Natijada 2018 yilda Eron iqtisodi 4 foizga qisqardi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bu yil Eron iqtisodi yana 6 foizga qisqarishini bashorat qilmoqda.

Bu orada Eron valyutasi keskin qadrsizlandi.

Oy boshida Tramp ma’muriyati Eronning eng yirik neft-kimyo shirkati "Persian Gulf Petrochemical Industries Company"ga qarshi sanksiya joriy qilgan edi.

XS
SM
MD
LG