Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaning muzlatilgan $850 millionidan 555 millioni qaytarilishini to‘xtatdi


O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi advokati Greguar Manja (Grégoire Mangeat) o‘z mijozining Shveysariya sudida yana bir g‘alabaga erishganini ma’lum qildi.

“Karimovaning Shveysariya federal jinoyat sudi oldidagi uchinchi yirik g‘alabasi. 1 iyul kuni 555 million dollarning qaytarilishi zudlik bilan to‘xtatildi.

24 iyun kuni Shveysariya federal prokuraturasi Karimovaning 2012 yili muzlatilgan 850 million dollar pulining 133 millionini O‘zbekistonga qaytarish haqida dastlabki kelishuvga erishilganini bildirgan edi.

Bu qarordan bir kun oldin Gulnora Karimova qizining Instagram sahifasida e’lon qilingan murojaatida o‘zining muzlatilgan pullarni O‘zbekistonga qaytarish jarayonida hamkorlik qilayotganini ochiqlagan edi.

Karimova advokati bayonoti

"Mijozimning zo‘ravonlik bilan hibsda saqlanishi to‘xtatilmas ekan¸ O‘zbekiston hukumati bilan boshqa hamkorlik qilinmaydi. Mijozimga nisbatan bosim oshgandan oshib bormoqda. Karimovaning hayoti xatar ostida"¸ deb yozdi moliyaviy jinoyatlarda ayblanganlarni (oq ëqalilar jinoyati – tahr.) himoya qilishga ixtisoslashgan shveysariyalik advokat o‘z Twitter sahifasida.

Shveysariyaning Le Temps gazetasining 3 iyul kuni yozishicha¸ mamlakat sudi qayta muzlatib qo‘ygan 555 million dollarning 350 millioni Takilant shirkati hisobidagi pullardir. Bu shirkat va uning boyliklarining yagona egasi sifatida Gulnora Karimova¸ mahkama qarorida aytilishicha¸ pullarning yakuniy taqdirini hal qilishda o‘z so‘zini aytishga haqlidir.

Bu pullar taqdiri borasida yakuniy qaror chiqarishdan avval hakamlar Karimovaning xalqaro korrupsiya janjali markaziga tushgan Takilant shirkati Gibraltarda qayta ro‘yxatdan o‘tish-o‘tmasligini bilishni istaydi"¸ deb yozdi Shveysariya nashri.

Mahkama qarorining Karimova advokati uchun g‘alaba ekanini ta’kidlayotgan Greguar Manja¸ sud hukmi Karimovaning Shveysariya banklarida muzlatilgan 850 million dollarini O‘zbekiston hukumatiga qaytarishga shoshayotgan federal prokuratura rejalarini qiyinlashtirganini ta’kidlaydi.

Prokuratura bu pullar taqdirini mijozimsiz hal qilmoqchi bo‘ldi. Mahkama esa¸ himoyaga imkon berdi va Gulnora Karimovani Shveysariyadagi mol-mulk ustidagi legal tortishuv markaziga qo‘ydi”¸ deb yozdi Karimova advokati.

Imon Karimova sud hukmiga izoh berdi

4 iyul kuni Gulnora Karimovaning Londonda yashayotgan qizi InstaStory postida Shveysariya mahkamasi hukmiga izoh berdi.

Karimova Shveysariya huquq-adliya tizimlari¸ hatto onasi ishi bilan shug‘ullanayotgan yangi prokurorni tashvishga solayotgan va pullarning qayta muzlatilishiga asos bo‘lgan bosh xavotirni tilga oladi.

Imon Karimovaga ko‘ra¸ bu Gulnora Karimovaga berilgan qamoq jazosining qanday hisoblab chiqilganiga oid oddiy savolga O‘zbekiston hukumatining 8 oydan beri javob bera olmayotganidir.

Shveysariya¸ Shvetsiya va Amerika sudlarining rasmiy bayonotlariga ko‘ra¸ Gulnora Karimova xorij shirkatlaridan pora olganlikda ayblanmoqda. Bu ayblovlar esa¸ pullarning O‘zbekiston byudjetidan o‘g‘irlanmaganini anglatadi. Byudjetni nazorat qilish vakolatiga ega lavozimda bo‘lmay turib¸ bu ishni qilish mumkin emasligidan tashqari unga qo‘yilgan ayblarga ham to‘g‘ri kelmaydi. XORIJIY KOMPANIYaLARDAN olingan pullarning O‘zbekiston soliq to‘lovchilariga aloqasi yo‘q”¸ deb yozdi onasining jamoatchilik oldidagi himoyachisiga aylangan Imon Karimova.

4 iyul kungi postida Imon Karimova shved mahkamasi onasini to‘lig‘icha oqlaganini va pora olingani tasdiqlanmadi¸ deb rasmiy bayonot berganini iddao qildi.

Qisqa faktik aniqlama

Joriy yilning 15 fevral kuni chiqargan hukmida Stokholm sudi¸ Gulnora Karimova emas¸ balki Telia shirkatining sobiq bosh ijrochi direktori Lars Nyuberg¸ shirkatning sobiq moliyaviy direktori va vitse-prezidenti Tero Kivisaari va Yevroosiyo faoliyati bo‘yicha sobiq bosh maslahatchi Uli Tuimani gumon qilingan jinoyatlarda aybsiz deb topildi.

Ozodlik bilan suhbatlarda mahkama rasmiylari va prokuror Gunnar Stetler¸ bu hukmning Gulnora Karimova ustidan chiqarilgan hukm emasligini qayta-qayta ta’kidlagan.

Sud o‘z hukmida Telia shirkatining 2007-2010 yillarda O‘zbekiston telekom bozoriga kirish uchun o‘shandagi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga qarashli Takilant shirkati hisobiga 350 million dollardan ko‘proq pul berilganini o‘z isbotini topganini e’tirof qilgan.

Ammo pora deb atalgan yuzlab million dollar berilgan yillarda shved qonunchiligiga ko‘ra¸ u yoki bu davlat rasmiysiga pul yoki boshqa narsa berishgina korrupsiya hisoblangan va ayblov tomoni mahkama davomida Gulnora Karimovaning davlat rasmiysi bo‘lganini shubha qoldirmaydigan darajada isbot qila olmagani uchun¸ Telia rahbarlarini oqlagan edi.

4 iyul kungi postida Imon Karimova O‘zbekiston hukumatining Gulnora Karimovaga ko‘rsatayotgan bosimining kuchayib borayotganini ayta turib¸ uning sababiga ham izoh beradi.

Gulnora Karimovaning advokati kelishidan oldin (13-15 iyun kunlari – tahr.) uni ma’lumotni oshkor qilmaslik va Shveysariya¸ shuningdek boshqa sudlar qiziqayotgan ayrim mulozimlarga qarshi ko‘rsatma bermaslikka majburlash maqsadida yana tibbiyot bo‘limidan chiqarib tashlashdi. Shveysariya sudi tomonidan protokol uchun so‘roq qilingan xalqaro guvohlar bor va bu adolat oldida tasdiqlangan ma’lumot sanaladi”¸ deb yozgan Imon Karimova bu sirli guvohning kimligiga oydinlik kiritmadi.

Imon Karimovaning 4 iyul kungi InstaStory posti.
Imon Karimovaning 4 iyul kungi InstaStory posti.

4 iyul kungi postidan avvalgi InstaStory postida Imon Karimova O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qilgan edi.

1 iyul kuni Instagram sahifasida e’lon qilgan uch betlik xatida Imon Karimova: “Bitta odam – Gulruh Rasulovna Karimovaning hatti-harakatlari bois¸ O‘zbekiston xalqi va’da qilingan pullarni ololmaydi”¸ deb yozdi.

Bu maktubda qayta-qayta O‘zbekiston Bosh prokuraturasini onasi bilan kelishuv shartlarini bzuganlik¸ Zangiota tumanidagi 21-ayollar koloniyasi boshlig‘i Gulruh Karimovani esa¸ onasini “eng xavfli jinoyatchidan ham battar” ahvolda saqlayotganlikda ayblagan Imon Karimova¸ onasining sharoiti yaxshilanmas¸ xususan¸ unga berilgan jazo muhlati ochiqlanmas ekan¸ O‘zbekiston hukumati Shveysariyadagi pullarni ola olmasligidan ogohlantirdi.

“Onamning advokati va Shveysariya sudi uning tegishli yordam olishi¸ unga nisbatan bosimlarning to‘xtatilishi borasida ishonch hosil qilmaguncha¸ bizning mamlakatimizdan farqli qonunlar risoladagiday ishlaydigan davlat qonunlariga muvofiq (Shveysariya nazarda tutilmoqda – tahr.) onamni jismonan yo‘q qilishga urinayotgan odamlarning gapi o‘tmaydi endi”¸ deb yozdi Imon Karimova.

XS
SM
MD
LG