Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 07:45

OzodDayjest: “O‘zbekiston pochtasi” mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi


Illyustrativ surat.

Majburiy ijro byurosini prokuratura tizimidan chiqarish taklif qilindi. Qo‘qonlik erkak rashk tufayli xotinining mashinasini portlatishga urindi. Samarqandda tadbirkordan 100 ming dollar pora talab qilgan amaldor qamaldi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Zo‘ravoncha uslubda ishlayotgan MIBni prokuratura tizimidan chiqarish taklif etildi

Eski zo‘ravoncha uslubda ishlayotgan Majburiy ijro byurosi faoliyati ko‘p hollarda aholining noroziligiga sabab bo‘layotir (www.xabar.uz, 1 iyul). “Majburiy obuna kerak emas, deyildi va u bekor qilindi. Majburiy mehnatning ham har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashyapmiz. Ammo demokratik davlatda majburiy ijroning hozirgi shaklda bo‘lishi mamlakat imiji va obro‘siga qanday ta’sir ko‘rsatadi?!” deb yozadi elektron nashr. Tizimni isloh qilish yo‘lidagi dastlabki qadam sifatida MIBni prokuratura tarkibidan chiqarish va sud qarorlari ijrosiga mas’ul yaxlit idora tashkil etish taklif qilingan. Qayd etilishicha, ana shunda MIB faoliyatidan norozi bo‘lgan aholi prokuraturaga bemalol arz qila oladi. Hozir esa prokuratura o‘z tarkibidagi tuzilmaning ayb-xatosidan ko‘z yumishi mumkin. Ayni paytda, MIB huzurida tashkil etilgan maxsus jamg‘arma faoliyati shaffof va ochiq emasligi, mazkur fondga qancha mablag‘ tushgani haligacha oshkor etilmagani tanqid qilingan.

Pochta mansabdori 100 ming dollar pora talab qildi

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali direktori Sh.U. pora bilan qo‘lga olindi (“Darakchi”, 4 iyul). Tadbirkor U.Yo. filialga tegishli binoni “0” qiymatda ijaraga olishni so‘rab, direktorga murojaat qilgan. Pochta mansabdori buning uchun 100 ming dollar pora talab qilgan. Savdolashuvdan keyin pora miqdori 80 ming dollarga tushirilgan. Mansabdorning talabi noqonuniy ekanini anglagan tadbirkor bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. “O‘zbekiston pochtasi” filiali direktori poraning yarmini olayotganda ushlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari O‘tkir Mamadalievga ko‘ra, pochta mansabdori 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Qo‘qonlik erkak xotinini chavaqlab, so‘ng o‘zi ham dori ichdi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashagan 52 yoshli erkak ikkinchi xotinini rashk tufayli chavaqladi (“Huquq”, 4 iyul). Bu haqda viloyat prokuraturasi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Azizbek Akramov ma’lum qilgan. Kirakashlik bilan shug‘ullangan erkak Qo‘qon buyum bozorida savdo qiluvchi ayolni ikkinchi xotin qilib olgan. Savdogar ayolning ishlari yurishib, mashina xarid qilgan. Shundan keyin erkak huda-behuda rashk qilib, xotini bilan janjallasha boshlagan. Rashk tufayli erkak ayolining mashinasi moy qopqog‘ini ochib qo‘ygan, shu yo‘l bilan uni portlatib yuborishni ko‘zlagan. Ammo mo‘’jiza tufayli portlashga qadar ayol mashinasini ustaga ko‘rsatgan. Janjallarning biri esa qotillik bilan yakunlangan, erkak xotinini chavaqlagan, so‘ng o‘z joniga qasd qilish uchun uyqu dori ichgan. Ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolgan. Asossiz rashk tufayli ayoli joniga qasd qilgan erkak 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

XS
SM
MD
LG