Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2019, Тошкент вақти: 17:44

Gulnora Karimova qamoqxonada inson huquqlarini o‘rganmoqda


Gulnora Karimova Zangiotadagi 21-sonli ayollar koloniyasida saqlanmoqda. 3 iyul kuni olingan bu surat Gazeta.uz saytidan olindi.

Gulnora Karimovaning Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumiy tartibdagi 21- ayollar qamoqxonasidagi sharoitining og‘irligi haqidagi chiqishlar munosabati bilan Adliya vazirligi 3-4 iyul kunlari bu yerdagi vaziyatni o‘rganib chiqdi.

Vazirlik Matbuot xizmati mazkur o‘rganish xulosasi haqida Gazeta.uz nashriga ma’lumot berdi.

Vazirlikning bildirishicha¸ joriy yilning 14 mart kuni mazkur koloniyaga olib kelingan Gulnora Karimova qamoqxonaning umumiy rejimdagi 7-otryadining 2-sektorida saqlanmoqda.

Vazirlikka ko‘ra¸ uning saqlanish sharoitlari Jinoyat-ijroiya kodeksining 117-moddasiga mos va Karimova ham ko‘p kishilik xonada saqlanmoqda.

Ushbu kodeksning 9-moddasiga muvofiq¸ vazirlik ta’kidicha¸ Karimovaga koloniya kutubxonasidagi ilmiy¸ badiiy va boshqa axborot materiallaridan foydalanish haqqi berilgan.

Adliya vazirligi bu xulosasini tasdiqlash maqsadida Gulnora Karimovaning qamoqxona kutubxonasida olgan kitoblari ro‘yxatini taqdim etgan.

18 mart kuni Karimova tomonidan olingani aytilgan kitoblar ro‘yxatida Nekrasov va Chernishevskiy kitoblari qatori¸ “Inson haqlari”(2 jildlik) va A. Saidovning "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsion huquqi" deb nomlangan ilmiy qo‘llanmalar ham bor.

Kitob va mualliflar nomi qo‘pol xatolar bilan yozilgan bu ro‘yxatning qamoqxona kutubxonachisi yoki Gulnora Karimova tomonidan yozilgani ochiqlanmagan.
Kitob va mualliflar nomi qo‘pol xatolar bilan yozilgan bu ro‘yxatning qamoqxona kutubxonachisi yoki Gulnora Karimova tomonidan yozilgani ochiqlanmagan.

Adliya vazirligiga ko‘ra¸ Karimovaning tashqaridan pul va boshqa narsalar olish haqqi ham ta’minlangan. Uning hisobiga qizi yuborgan pulga Karimova koloniya do‘konida to‘rt marta xarid qilgan va hisobida yetarlicha puli bor¸ deyiladi vazirlik hisobotida.

Karimovaning yaqinlari va advokati bilan uchrashishiga ham Jinoyat-ijroiya kodeksida ko‘zda tutilgan tartibda ruxsat etilgan¸ xususan 12-15 aprel kunlari oila a’zosi bilan uzoq muddatli ko‘rishuvga¸ 2¸17 aprel¸ shuningdek¸ 17 iyunь kuni shveysariyalik advokati bilan uchrashishiga ruxsat berilgan¸ deyiladi Adliya vazirligi hisobotida.

Adliya vazirligi shuningdek¸ Gulnora Karimovaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani haqidagi da’volarni ham asossiz deb topgan.

"Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus guruhi tomonidan 2017 yil dekabr oyida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra¸ Karimovada bir qator surunkali kasalliklar borligi aniqlangan.

2019 yil martida 21-koloniyaga olib kelinganidan beri unga vazirlikning tajribali mutaxassislari¸ xususan¸ kardiolog¸ ginekolog¸ stomatolog, vrach-infeksionist endokrinolog, vrach-gastroenterolog va psixiatr xizmati ko‘rsatilgan".

Adliya vazirligining bildirishicha¸ tibbiy tekshiruvlar natijasida¸ mahbus Karimovaning jazoni ijro etish muassasasida saqlanishiga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar aniqlanmagan.

Vazirlik hisobotida¸ Gulnora Karimovaga nisbatan qamoqda jismoniy¸ ruhiy va psixologik bosim o‘tkazilayotgani haqidagi iddaolar ham tasdiqlanmagani aytiladi.

Yozilishicha¸ Gulnora Karimova mart oyidan beri qamoqxonadagi ishlarga biror marta ham jalb etilmagan¸ u bilan bir xonada saqlanayotgan ayollar uning istaklarini bajarmoqda.

Marhum prezidentning to‘ng‘ich qizi sharoitining og‘irligi haqidagi xabarlar uning xonadoshlarini hayratga solganini ta’kidlagan vazirlik¸ “Karimova deraza oldidagi krovatda yotishni istashini aytganda¸ bu krovatdagi ayol unga o‘z joyini bo‘shatib bergani"ni ta’kidlab o‘tgan.

Adliya vazirligi rasmiylari Karimovaning shaxsan o‘zi bilan ham suhbat bo‘lgani va u sharoiti haqida shikoyat qilmaganini ta’kidlaydi.

Qamoqxonada o‘z haqlarining buzilishi mavzuida gapirishni istamagan Karimova¸ vazirlik hisobotida yozilishicha¸ o‘ziga yaqin mahbuslarning boshqa sektorga o‘tkazilgani va jinoyat ishi davomida¸ uning nazarida¸ yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarga e’tiroz bildirgan.

Karimovaning surunkali kasalliklari bois¸ u koloniyaning tibbiy bo‘limiga o‘tkazilgan va vazirlik rasmiylari bilan uchrashuv ham sanchastda bo‘lib o‘tgan.

Adliya vazirligi o‘rganishlari xulosasiga ko‘ra¸ Karimova o‘z sharoitini maxsus o‘rgangan mulozimlarga tibbiy xizmat sifatidan shikoyat qilmagan¸ uning badanida biror shikast alomatlari ko‘rilmagan.

Ayni paytda¸ vazirlik mahalliy nashrga¸ Gulnora Karimovaning 3-4 iyul kunlari bevosita qamoqxonada olingan biror suratini taqdim qilmagan.

Shveysariyadagi pullarning qaytish-qaytmasligi Gulnora Karimovaning qo‘lida emas!

Adliya vazirligi hisobotida Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatilgan pul va boshqa boyliklarini O‘zbekistonga qaytarish istiqboliga oid ma’lumot ham taqdim etilgan.

Vazirlik¸ Gulnora Karimovaning Latviya¸ Shveysariya¸ Fransiya¸ Shvetsiya¸ Hollandiya kabi qator mamlakatlarda korrupsion sxemalar orqali topilgan katta miqdordagi pullarni yuvishda ayblanayotganini eslatib o‘tadi.

Bu aktivlarni qaytarish bo‘yicha muzokara va tadbirlar O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquqda ko‘zda tutilgan tartibda hukumat darajasida olib borilmoqda. Bu aktivlar xorij davlatlarining vakolatli idoralari tomonidan muzlatib qo‘ygani bois¸ ular Karimova (uning oila-a’zolari) ixtiyorida emas.

Shuningdek¸ shaxsan Gulnora Karimovaning pullarni O‘zbekistonga qaytib bergani yoki qolgan aktivlarning bevosita Karimova yoxud boshqa shaxslar tomonidangina qaytarilishi haqidagi ma’lumot huquqiy asosga ega emas va haqiqiy voqelikka mos kelmaydi”¸ deyiladi Adliya vazirligining Gazeta.uz nashri e’lon qilgan xulosasida jumladan.

3 iyul kuni Karimovaning Shveysariyadagi advokati Greguar Manja muzlatilgan 850 million dollarning 555 millionini O‘zbekistonga qaytarish jarayonining Federal jinoyat sudi hukmi bilan vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganini ma’lum qildi.

Advokatga ko‘ra¸ O‘zbekiston va Shveytsariya prokuraturasi istagiga zid ravishda mahkama pullar taqdirini belgilash jarayonida ularning rasmiy egasi bo‘lgan Karimovaning qatnashishiga imkon bergan.

24 iyun kuni Shveysariya federal prokuraturasi muzlatilgan pullarning 133 million dollarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha dastlabki qarorga kelinganini ma’lum qilgan edi.

Bu bayonot arafasida Karimova¸ qizining Instagram sahifasi orqali¸ 133 millionning qaytarilishi jarayonida O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilgani¸ O‘zbekiston ichkarisida 1 milliard 200 million dollarlik mablag‘ va boyliklarni hukumatga topshirganini ta’kidlagan edi.

Karimova advokati 4 iyul kuni mijoziga nisbatan “zo‘ravonlik bilan hibsda saqlanishi to‘xtatilmas ekan”¸ muzlatilgan pullarni qaytarish borasida O‘zbekiston hukumati bilan hech qanday hamkorlik bo‘lmasligi haqida bayonot berdi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG