Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:37

Maxsus PIAR? Shou biznes vakillari Majburiy ijro byurosini maqtash kampaniyasini boshladi


O‘zbekistondagi ayrim taniqli qiziqchi¸ ashulachi va aktërlar Telegram guruhlari orqali o‘zlari yashab turgan tuman Majburiy ijro xodimlarining 24 soatlik to‘xtovsiz ishini maqtash va ularga minnatdorchilik bildirish kampaniyasini boshladi.

Bu kampaniya¸ boshqa ishtirokchilarning aytishicha¸ qiziqchi Valijon Shamshiev Yashnobod tuman mibchilariga minnatdorchilik bildirgani ortidan boshlanib ketgan.

Shamshiev Yashnobod mibchilari va keng xalqqa qilgan murojaatida:

“Mibchilarga davlatimiz tomonidan qo‘yilgan rejalardan eson-omon chiqib olish baxti nasib qilsin. Xalqimizga ham chiroyli aqlu farosat¸ eng asosiysi insof va vijdon bersin. Chunki ishlatilgan narsalarning haqqi to‘lanishi kerak. Bo‘rini oyog‘i boqadi”¸ deydi jumladan.

Telegram kanali orqali tarqagan bu videochiqishga darrov boshqa artistlar ham jo‘r bo‘la boshladi.

Ashulachi Adham Soliev chiqishida¸ mibchilarni maqtashi bilan¸ kamera ortida turganlarning unga aynan o‘zi yashayotgan Chilonzor tumani MIBni maqtashni aytib turgani eshitiladi:

Chilonzorda bular 24 soat ko‘chada yuradi. Davlat inspektorlari tinmasdan ko‘chada yuradi¸ bularga issiq 80 gradus bo‘lsa ham ta’sir qilmaydi”¸ deydi Soliev.

O‘z tumani mibchilari maqtagan san’atkor qizlardan biri ham ularning aynan Mehnat Kodeksida ko‘zda tutilmagan 24 soatlik ishini tilga oldi.

Toshkent tuman MIB xodimlari o‘z ish faoliyatlarini 24 soat davomida olib borishayapti. Biz ularda o‘z ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz”¸ deydi bu san’atkor qiz.

Radioboshlovchi va o‘rtakash Akmal Mirzo¸ aktyor Mehriddin Rahmatov¸ 2017 yili Mirziyoevga “Sultonim” deb qo‘shiq aytgan ashulachi Dilfuza Ismoilovalar Uchtepa¸ Shayhontohur va Yangiyo‘l mibchilariga olqish yog‘diradi.

Ajoyib¸ mashaqqatli kasblardan biri MIB xodimlarining kasbi”¸ deb gap boshlagan aktyorlardan biri ham bu tizim inspektorlarining dam olishsiz ishlayotganini o‘z maqtoviga asos qiladi.

Tinim bilmay 24 soat ishlasa¸ inson kasal bo‘lishi mumkin¸ asabini yo‘qotadi. Lekin MIB xodimlari kerak bo‘lsa sog‘lig‘idan ham kechib¸ asabidan ham kechib ishlab kelmoqda “¸ deydi Shayxontoxur tuman mibchilarini maqtagan aktyor.

Toshkentdagi shou biznes vakillari boshlagan bu madhiyalarning viloyatlardagi qo‘shiqchi-mashshoqlar ilib ketgani aytilmoqda.

Uyushtirilgan PIAR aksiyasi?

O‘zbekiston shou biznesi vakillarining MIB faoliyatini PIAR qilishi¸ Ozodlik gaplashgan tizim xodimlariga ko‘ra¸ “tepadan berilgan komanda” bilan boshlangan.

Arzon PIAR qilish uchun san’atkorlarga respublikadan topshiriq bo‘lganmish. Bu prokuratura yangi rahbarlarining ishi. Xalq bir yon¸ MIB obro‘si yomon¸ bular esa¸ artistlarni aralashtirib¸ ularni maqtayapti¸ boz ustiga 24 soatlik ishni targ‘ib qilayapti. Qonunni himoya qiladigan idora javob bersin – 24 soat ishlash qaysi qonun¸ qaysi mezonda bor?” dedi o‘zi ham ayni tizimga aloqador Ozodlik suhbatdoshi.

Toshkentdagi tumanlardan birining¸ hozircha o‘zini piar qilishga ulgurmagan MIB inspeksiyasi xodimi Ozodlik bilan suhbatda¸ hozir san’atkorlar orasidagi tanish-bilishlarini ishga solib¸ o‘z rayoni mibchilari ishini maqtab chiqish topshirig‘i berilganini aytdi.

Bizga o‘zimizning rayon boshlig‘i aytdi bu gapni. Unga kim aytganini¸ ochig‘i bilmayman. Lekin hozir rosa hayp bo‘layapti. Mibchilar o‘zini maqtatish bo‘yicha kimo‘zar poyga boshlavordi”¸ deydi o‘zi ham artistlar orasidan piarchi qidirayotganini aytgan MIB xodimi.

Bu suhbatdosh¸ san’atkorlarga bu PIAR aksiyasiga qo‘shilish uchun nima taklif qilinganidan xabari yo‘qligini aytdi.

MIBga piar nimaga kerak?

Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 30 may kungi qarori bilan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

Asosiy ishi qilib aholidan gaz-svet qarzlarini undirish bo‘lgan bu yangi tizim o‘z faoliyatini ham hukumat¸ ham aholi tomonidan ko‘rsatilgan katta bosim bilan boshladi.

Yillar davomida yig‘ilib qolgan trillionlab so‘mlik qarzdorlikni undirish uchun muddat berilgan MIB xodimlari bu topshiriqni bajarish uchun tinimsiz ishlashga majburlandi.

MIB faoliyatini boshlaganidan beri Ozodlikka bu tizim xodimlariga bo‘layotgan bosimlar¸ ularning dam olishsiz¸ erta tongdan yarim tungacha ishlashga majburlanayotgani haqida muttasil shikoyatlar kelmoqda.

Ayni paytda¸ MIB xodimlarining prezident qo‘ygan keskin topshiriq ijrosiga kirishgani aholi e’tirozlari sabab bo‘lmoqda.

MIB xodimlariga nisbatan qarzdorlarning salbiy munosabati¸ ba’zi hollarda ularga nisbatan zo‘ravonliklar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqamoqda.

MIB tizimi xodimlarining Ozodlikka aytishicha¸ bu tizim faoliyati prezident tanqidiga uchrab kelayotgani ortidan uni qayta Adliya vazirligi nazoratiga o‘tkazish loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Borayotgan PIAR aksiyasi¸ bu suhbatdoshlar taxminicha¸ MIBni prokuratura tarkibida qoldirish uchun qilinayotgan urinish bo‘lishi mumkin.

PIAR aksiyalari tarixi

Keyingi yillarda O‘zbekiston shou biznes vakillarining davlat idoralari topshirig‘i bilan jamoatchilikni manfaatli tomonlar propagandasini targ‘ib qilib kelayotgani kuzatiladi.

Islom Karimovning o‘limi haqidagi ilk xabarlar tarqalishi ortidan¸ bir guruh shou bizneschilar «Dodamiz tirik» degan kampaniya boshlagan va keyinchalik ayni o‘sha kunlarda komada yotgani va o‘ziga kelmasligi aniq bo‘lgan Karimovning «sog‘-salomat» ekani va tezda ishini davom ettirishiga ishontirmoqchi bo‘lgan edi.

O‘tgan oy ayni shu kampaniyada qatnashgan san’atkorlar og‘ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib¸ qamoqqa hukm etilgan Gulnora Karimovani sog‘ingani va uning tezda ozodlikka chiqishini duo qilish kampaniyasi o‘tkazgan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG