Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 15:35

Ukrainaning davlat tili to‘g‘risidagi qonuni kuchga kirdi


Prezident Petro Poroshenko davlat tili to‘g‘risidagi qonunni 2019 yilning 15 may kuni imzolagan edi.

Ukrainaning davlat tili to‘g‘risidagi qonuni 16 iyuldan kuchga kirdi. Uni ikki oy avval o‘shandagi prezident Petro Poroshenko lavozimidan ketayotib tasdiqlagan edi.

“Ukrain tilining davlat tili ekanini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunda ukrain tili “Ukrainadagi yagona rasmiy til” deb e’lon qilindi.

Qonunda aytilishicha, boshqa tillarni davlat tili sifatida joriy qilishga “urinishlar” “konstitutsion tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirish”ga urinish deb hisoblanadi.

Yangi qonunda “ukrain tilini jamoatchilik oldida kamsitish”ga Jinoyat kodeksi moddalari bilan jazolanadigan jinoyat deb qaraladi.

Unda davlat va xususiy teleko‘rsatuvlar uchun me’yor belgilandi, unga ko‘ra matbuotdagi matnlarning yarmi ukrain tilida bo‘lishi shart.

Ukrain tilini yaxshi bilish talab etiladigan davlat xizmatchilari ro‘yxatiga prezident, parlament spikeri, shuningdek, deputatlar, vazirlar, davlat xavfsizlik xizmati rahbari, bosh prokuror Ukraina Milliy banki boshlig‘i va mahalliy kengash a’zolari kiritildi.

Bundan so‘ng ukrain tili rasmiy hujjatlar, sud ishlarini yuritish, saylov va referendumlar, xalqaro shartnomalar va mehnat shartnomalari uchun majburiy bo‘ladi.

Ayni paytda qonun bandlari xususiy suhbatlar yoki diniy marosimlar tiliga daxl qilmaydi.

Ukrain tili mamlakat 45 million aholisining 67 foizi uchun ona tili hisoblanadi, aholining 30 foizi esa¸ asosan, shaharlarda rus tilida gaplashadi. Ukrainaliklarning deyarli 3 foizi boshqa tillarni ona tili deb biladi.

Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilar rasmiy Kiev rus tilidan foydalanishni atay cheklayapti, deb iddao qilmoqda.

Rossiya Ukrainada til haqida yangi qonun qabul qilingani munosabati bilan 16 iyulda “shoshilinch maslahatlashuv” uchun BMT Xavfsizlik Kengashining yangi majlisini chaqirishni so‘radi.

Rossiyaning Yevropa Kengashidagi doimiy missiyasi ham ushbu huquqni himoya qiluvchi idorani yangi qonunga munosabat bildirishga chaqirdi.

“Ushbu qonun Ukrainaning Yevropa Kengashi oldida olgan majburiyatlariga xilofdir. Biz Yevropa Kengashi tegishli organlarini ushbu qonunbuzarliklarga munosabat bildirishga chaqiramiz”, deb yozdi Rossiya missiyasi vakili Tvitterda.

20 mayda lavozimiga kirishgan Ukraina yangi prezidenti Volodimir Zelenskiy qonunni “taqiq va jazolar” turkumi deb tanqid qildi.

Yangi prezident fikricha, u byurokratik tartiblarni murakkablashtiradi va “amaldorlar sonini kamaytirish o‘rniga¸ ko‘paytiradi”.

XS
SM
MD
LG