Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:23

Sobiq Bosh prokuror va DXX raisi Ixtiyor Abdullaev ustidan yopiq mahkama boshlandi


Sudlangan va sudlanayotgan ikkala sobiq Bosh prokurorning Shavkat Mirziyoev "qahriga uchragani" aytilmoqda.
Sudlangan va sudlanayotgan ikkala sobiq Bosh prokurorning Shavkat Mirziyoev "qahriga uchragani" aytilmoqda.

15 iyul kuni O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori¸ Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev ustidan mahkama jarayoni boshlandi.

Fergana.ru agentligining xabar berishicha¸ harbiy sudda borayotgan mahkama “alohida maxfiylik” iddaosi bilan mutlaq yopiq o‘tkazilmoqda¸ unga sudlanuvchilar yaqinlari ham kiritilmayotir.

Aytilishicha¸ mazkur jarayonda jami 24 nafar sobiq amaldor sudlanmoqda.

"Ularning yarmi tergov izolyatorida saqlanmoqda¸ qolgan yarmi esa¸ garov puli va O‘zbekistondan chiqib ketmaslik to‘g‘risidagi tilxat bilan sudga ochiqdan qatnamoqda"¸ deyiladi Fergana xabarida.

Umid Shokirov rasiligida o‘tayotgan mahkamaga¸ sudlanuvchilarning yaqinlari yollagan mustaqil advokatlar kiritilmagan. Sud vakillari sudlanuvchilarning bu advokatlar xizmatidan ixtiyoriy ravishda voz kechgani bois mahkamada faqat davlat bergan advokatlargina qatnashishini bildirgan.

Ayni paytda¸ bunday iddaoni tasdiqlovchi hujjat sudlanuvchilar yaqinlariga ko‘rsatilmagan. Ixtiyor Abdullaev oilasi yollagan advokat¸ aytilishicha¸ xizmat ko‘rsatishdan voz kechgan.

13 fevral kuni Ozodlik DXX raisi 53 yashar Ixtiyor Abdullaevning 8 fevral kuni lavozimidan bo‘shatilgani¸ 11 fevral kuni esa qamoqqa olingani haqida xabar qilgan edi.

Oradan to‘rt oy o‘tib bu xabarni tasdiqlagan Bosh prokuratura Ixtiyor Abdullaevning Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish)¸ 210-moddasi (Pora olish)¸ 211-moddasi (Pora berish) da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotganini bildirgan edi.

Ozodlik manbalari¸ Ixtiyor Abdullaev ishi doirasida mahkamaga tortilganlar orasida DXX raisining sobiq o‘rinbosari Jahongir Egamov¸ Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov¸ Toshkent shahar prokurorining sobiq muovini Erkin Abdullaevlar borligi aytgan. Bu ro‘yxatda yana bir sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovning bor-yo‘qligi hozircha aniq emas.

Prezident qahri

Joriy yil 10 yanvar kuni jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoev kuch ishlatar tizimlar rahbarlarini “arqonni uzun tashlab qo‘ygani”dan ogohlantirgan, yaqin kunlarda “jilovni tortishini” aytgan edi.

Ozodlik bilan Ixtiyor Abdullaev hibsga olingan kunlarda yozishgan mulozim iddaosiga ko‘ra, 10 yanvardan 11 fevralga qadar O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining yuzga yaqin xodimi ustidan jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llangan.

Mulozimlarning rasman tasdiqlanmagan iddaosiga ko‘ra, DXX tarafidan Mirziyoev oila a’zolarining telefon so‘zlashmalari tinglangani va nazorat ostiga olingani bois Ixtiyor Abdullaev prezident uchun “istalmagan shaxsga” aylangan.

Ozodlik tasarrufida bu ma’lumotning ham rasmiy tasdig‘i yoki inkori hozircha yo‘q.

Iyun oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga 15 yil rahbarlik qilgan Rashitjon Qodirov ustidan hukm o‘qildi.

26 iyun kuni Yunusobod tuman sudi binosida bo‘lib o‘tgan mahkama hukmi bilan 67 yashar Qodirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Rashitjon Qodirov ham uzoq vaqt Shavkat Mirziyoev uchun "istalmagan shaxslar" ro‘yxatida bo‘lib kelgani aytiladi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG