Линклар

Шошилинч хабар
21 август 2019, Тошкент вақти: 10:17

Zo’r TV Gulnoraga muhabbat izhor etgan shou biznes vakillarini ko‘ngilochar ko‘rsatuvlardan chetlatdi


Jahongir Poziljonov

O‘zbekistondagi Zo’rTV xususiy telekanali 12 iyuldan boshlab xonanda Jahongir Poziljonovni “Xontaxta” va “Bojalar community” ko‘rsatuvlari, qiziqchi Halima Ibragimovani esa “Sitro Shou” ko‘rsatuvi boshlovchiligidan chetlatdi.

Ozodlik Zo’rTV mas’ul xodimlaridan olgan bu xabarni Jahongir Poziljonovning "Xontaxta" ko‘rsatuvidagi hamkorlaridan biri tasdiqladi.

Teleboshlovchi Halima Ibragimovaning ma’muri ham, unga nisbatan norasmiy taqiq qo‘yilganini tasdiqladi.

Zo’rTV xodimining aytishicha, ko‘rsatuvlardan xonandalar Rayhon G‘anieva va Ziyoda Qobilovalarning qo‘shiqlari ham olib tashlangan.​

Ozodlik Zo'rTV ma’muriyatidan televideniedagi so‘nggi o‘zgarishlar bo‘yicha rasmiy izoh ololmadi.

Mahalliy shou biznesning tilga olingan boshlovchilar atrofidagi so‘nggi yangiliklardan xabardor bir necha vakilining Ozodlikka aytishicha, teleboshlovchilarning teledasturlardan chetlatilishiga ularning ijtimoiy tarmoqlar orqali Birinchi prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga muhabbat izhor etgani sabab bo‘lgan.

Teleko‘rsatuvlardan, shuningdek, boshqa ba’zi taniqli xonandalarning qo‘shiqlari ham olib tashlangan.

O‘zbekistonda konsert-tomosha faoliyatini nazorat etuvchi “O‘zbekkonsert” muassasasi xodimi ko‘rilgan choralarning vaqtinchalik bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

“Og‘zaki buyruq”

Zo’rTVning ko‘ngilochar ko‘rsatuvlaridan biriga mas’ul bo‘lgan xodimning ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka ma’lum qilishicha, televidenie rahbariyati xonanda Jahongir Poziljonov va qiziqchi Halima Ibragimovani teleboshlovchilikdan olib tashlashga “og‘zaki buyruq” bergan:

Jahongir Poziljonov o‘zi mualliflik qilgan “Xontaxta” va “Bojalar community” ko‘rastuvlaridan olib tashlandi. Uning o‘rniga ko‘rsatuvlarni endi Otabek Mirzaxolov olib boradi. Halimaxonim (Ibragimova – tahr.) ham “Sitro Shou” ko‘rsatuvidan olib tashlandi. Hozir uning o‘rniga boshqa boshlovchi izlashmoqda”.

Bu boshlovchilar ishtirokidagi reklama roliklari ham televidenie dasturlaridan kesib tashlangan.

Zo'rTV tomoshabinlari Jahongir Poziljonov "Xontaxta" ko‘rsatuvining 10 iyulda efirga uzatilgan so‘nggi sonida ham boshlovchilik qilmaganiga guvoh bo‘ldi.

Ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka gapirgan Jahongir Poziljonovning "Xontaxta" ko‘rsatuvidagi hamkorlaridan biri san’atkorning 17 iyul kuni namoyish etiladigan navbatdagi sonida ham chiqmasligini bildirdi:

"Jahongir Poziljonov bugungi ko‘rsatuvda ham chiqmaydi. Umuman, qachon televideniega qaytishi ham aniq emas".

Zo’rTV xodimiga ko‘ra, Jahongir Poziljonov aks etgan tijoriy reklamalar ham Toshkentning turli nuqtalaridagi reklama taxtalaridan olib tashlangan:

"Shaharda Jahongir Poziljonovning chipslarni reklama qilib turgan suratlari bo‘lardi. Ular olib tashlanib, o‘rniga boshqa bannerlar qo‘yishdi".

Zo’rTV xodimining qo‘shimcha qilishicha, ko‘rsatuvlardan xonandalar Rayhon G‘anieva va Ziyoda Qobilovalarning qo‘shiqlari ham olib tashlangan.

Bunday qarorning olinishiga, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, mazkur san’atkorlarga muassasa tomonidan qo‘yilgan “norasmiy taqiq” sabab bo‘lgan.

24-25 iyun kunlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek shou biznesining ayrim taniqli namoyandalari Birinchi prezidentning qamoqdagi qizi Gulnora Karimovaning yaqin kunlarda ozodlikka chiqishini so‘rab duo qilish va madh etishga kirishgan edi.

Toshkentlik blogerlardan biri Gulnorani duo qilish va madh etish kampaniyasi jamoatchilikni Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqishiga tayyorlash va bu ehtimolga ijobiy munosabatni shakllantirish uchun uyushtirilganini bildirgan edi.

Suhbatdoshlarning ma’lum qilishicha, shou biznes vakillarining bu amali mamlakatda konsert-tomosha faoliyatini nazorat etuvchi “O‘zbekkonsert” muassasasi va Zo’rTV rahbariyatining g‘azabini uyg‘otgan.

Ozodlik Zo'rTV ma’muriyatidan televideniedagi so‘nggi o‘zgarishlar bo‘yicha rasmiy izoh ololmadi.

Shuningdek, Zo’rTV da taqiqqa uchragan san’atkorlarning o‘zidan munosabat olishga besh kun davomida qilingan urinishlar samara bermadi.

Qiziqchi va teleboshlovchi Halima Ibragimovaning ma’muri unga nisbatan norasmiy taqiq qo‘yilganini tasdiqladi.

​Gulnoraga muhabbat

Уюштирилган кампания? Шоу бизнес вакиллари Гулнорага муҳаббат изҳор этишда янги пойга бошлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:11 0:00

24 iyunda “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov Gulnora Karimova bilan birga tushgan suratini qo‘yib:

"Sizni sog‘indik. Tezroq eson-omon oilangiz bag‘riga qaytishingizni tilab qolamiz¸ sihat-salomatlik tilaymiz"¸ deb yozdi.

Bu yozuvi oxirida Poziljonov Imon Karimova va Gulnora Karimovaning Instagram akkauntini belgiladi.

​Qiziqchi Halima Ibragimova ham 25 iyun kuni Instagramda Karimova haqqiga duo qilayotganlar safiga qo‘shilib, Gulnora Karimovaning suratini qo‘yarkan, "Ollohim qo‘llasin. Farzandlaringizga bosh bo‘ling¸ tanu joniz sog‘ bo‘lsin. Sizi duogo‘ylaringiz ko‘p¸ Vi moy kumir"¸ - deb yozdi va bu yozuvida u ham Imon Karimova va Gulnora Karimova akkauntlarini belgilab qo‘ydi.

Ammo 28 iyunda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zbek shou biznesining Gulnora Karimovani yaqin kunlarda ozodlikka chiqishini so‘rab duo qilayotgan va madh etayotgan ayrim vakillarini keskin tanqid qilib chiqdi.

“Vaqtinchalik jazo”

Zo’rTV dagi so‘nggi o‘zgarishlar arafasida videobloger, Sayyod.com sayti rahbari Sardor Komilov ismli Instragram sahifasi orqali Gulnora Karimovani madh etish kampaniyasiga ishora qilib, “so‘nggi bo‘lib o‘tgan voqealar san’at olamiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi” deya yozdi.

sayyodcom shoubiznes olamidagi so‘nggi o‘zgarishlarga ishora qilgan
sayyodcom shoubiznes olamidagi so‘nggi o‘zgarishlarga ishora qilgan

Kimlarnidir to‘ylari bekor bo‘la boshlagani, xalq o‘zi voz kechayotgani va kimlardir esa efirlardan “yo‘qolib” O‘zbekistonda zapretda bo‘lgan Ozoda safiga qo‘shilganini aytishmoqda. Tabiiyki, bu bari har doimgidek norasmiy ko‘rinishda kechayotgan ishlaru va uning natijasidagi norasmiy xabarlar”, - deb yozdi Sardor Komilov.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mulozimi san’atkorlarga qo‘yilgan jazo choralarining vaqtinchalik bo‘lishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilmadi.

XS
SM
MD
LG