Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:54

Taxiatosh IES da avariya sabab Xorazm va Qoraqalpog‘istonning ba’zi tumanlari elektrsiz qoldi


Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh shaharchasida joylashgan Taxiatosh IES (suratda) 1974 yili ishga tushirilgan.
Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh shaharchasida joylashgan Taxiatosh IES (suratda) 1974 yili ishga tushirilgan.

18 iyul kuni ertalab Qoraqalpog‘istondagi Taxiatosh Issiqlik elektr stansiyasida (IES) avariya yuz berishi oqibatida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir necha tumanlari elektr energiyasiz qoldi.

Taxiatosh IES xodimlari yirik avariya bo‘lganini Ozodlikka tasdiqladi.

- Sakkizinchi va to‘qqizinchi blokda remont ishlari olib borilayotganida sboy bo‘ldi, shuning uchun vaqtincha elektr liniyasini uzib turishga to‘g‘ri keldi. Hozir ikkita liniyani uladik, bu liniyalar bo‘yicha elektr berish tiklandi, - dedi Taxiatosh IESi vakili 18 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan 19. 30 da.

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Taxiatosh Issiqlik elektr stansiyasida "portlash ro‘y bergani" haqida norasmiy xabarlar tarqalgandi.

Ammo, stansiya vakili bu gap-so‘zlarni rad qildi:

- Hech qanaqa portlash bo‘lgani yo‘q. Sboy bo‘ldi xolos va bunaqa holatlar tez-tez bo‘lib turadi, chunki uskunalar eski.

Avariya oqibatida Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri va Beruniy, Chimboy tumanlari, va Xorazm viloyatining Shovot tumanida elektr uzilishi sodir bo‘ldi.

Ammo, stansiya joylashgan Taziatosh shaharchasida elektr uzilishi bo‘lmagani aytildi.

Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh shaharchasida joylashgan Taxiatosh IES 1974 yilda ishga tushirilgan.

Quvvati 730 MVt elektr enegriyasi ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Asosiy yoqilg‘isi – tabiiy gaz, zaxira yoqilg‘isi – mazut hisoblanadi.

Taxiatosh IES Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

O‘zbekistonda yillardan buyon elektr energiyasi taqchilligi kuzatiladi. Mamlakat rahbariyati muammoni hal qilish uchun Rossiya yordamida Atom elektr stansiyasi qurmoqchi.

O‘zbekistondagi “Ijtimoiy fikr” so‘rov markazi mart-aprel oylarida mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 85¸6 foizi mamlakatda Atom elektr stansiyasi (AES) qurilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Ayni paytda¸ ijtimoiy tarmoqlarda AES mavzuida qizg‘in bahs olib borayotgan mutaxassis va faollar¸ mustaqil ekspertlarning professional tadqiqoti xulosalari bu so‘rovda aks etmaganini aytmoqda.

Ozodlik 18 iyul kuni Feysbukdagi "O‘zbekistonliklar AES qurilishiga qarshi" guruhi a’zolaridan kelgan xatni e’lon qildi.

Ozodlik.org saytining rus tilidagi sahifasida esa, "Analiz: Imeet li atomnaya energetika perspektivi razvitiya i dolgosrochnogo sushchestvovaniya?"sarlavhasi ostidagi tahliliy maqolani e’lon qilingan.

XS
SM
MD
LG