Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:51

Ukraina prezidenti Rossiyaga asirlarni ayirboshlashni taklif qildi


Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy devoni Rossiya bilan mahbuslarni ayirboshlashni taklif qildi. Bu taklif Rossiya qamog‘ida qolayotgan ukrain kinorejissyori Oleg Sensovni Ukrainada hibsda saqlanayotgan rossiyalik jurnalist Kirill Vishinskiyga almashtirishni ko‘zda tutadi.

Ushbu taklif Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 11 iyulda telefon orqali mahbuslarni ayirboshlash masalasini muhokama etgandan so‘ng ilgari surildi.

Zelenskiy matbuot kotibi Yuliya Mendel bu taklifni 18 iyul kuni Facebook sahifasida e’lon qildi. Bundan bir necha soat oldin Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Kievni ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash yo‘lidagi ilk qadam sifatida Vishinskiyni ozod qilishga da’vat etgan edi.

Rossiyaning davlatga qarashli RIA Novosti axborot agentligining Ukrainadagi byurosi rahbari Vishinskiy 2018 yil mayida xoinlikda ayblanib, hibsga olingan edi.

Bu hibsga Kievdagi RIA Novosti byurosining Rossiya Ukrainaga qarshi olib borayotgan “duragay axborot urushi”da qatnashayotganiga oid ayblovlar sabab bo‘lgan edi.

Ukraina xavfsizlik xizmatiga (SBU) ko‘ra, hibsga olish vaqtida Vishinskiyning ham Rossiya, ham Ukraina vatandoshligi bo‘lgan, Kievdagi RIA Novosti byurosi bilan Rossiyaning yirik davlat mediaholdingi “Rossiya segodnya” o‘rtasidagi aloqalarni niqoblash uchun Ukrainada ro‘yxatga olingan mediakompaniyalar orqali moliyaviy ko‘mak olib turgan.

SBUga ko‘ra, u qilayotgan ishi uchun Rossiya manbalaridan 53 ming yevro (taxminan 60 ming dollar) olib kelgan va unga pul Serbiya orqali yuborib turilgan.

Yana aytilishicha, Vishinskiy Moskvaning talabi bilan reportajlar tayyorlab kelgan va ularda Rossiya 2014 yili Ukrainaning Qrim yarim orolini bosib olganini oqlashga intilgan.

Vishinskiy hibsga olingandan so‘ng oradan bir necha hafta o‘tib, Ukraina vatandoshligidan voz kechganini e’lon qildi va “siyosiy buyruq” sabab hibsda saqlanayotganini iddao qildi. Go‘yo u Rossiyada qo‘lga olingan bir Ukraina vatandoshiga ayirboshlash uchun qo‘lga olingan emish.

Mabodo u bo‘yniga qo‘yilayotgan ayblovlar uchun aybdor deb topilsa, 15 yilga kesilishi mumkin.

Rossiyaning 2914 yilda Ukrainaga tegishli yarim orolni bosib olishiga norozilik bildirgan qrimlik Sensovni Qrim hokimiyat idoralari 2014 yil mayida Moskvaning qistovi bilan qamoqqa olgan edi. Unga Qrimdagi rossiyaparast tashkilotlarga yonuvchi bombalar tashlashni rejalashtirganlik aybi qo‘yildi.

Rossiya sudi 2015 yil avgustida Sensovga bir qancha terrorchilik bilan bog‘liq ayblar qo‘ydi va qattiq rejimdagi 20 yillik qamoqqa kesdi.

Inson huquqi himoyasi faollari va G‘arb mamlakatlari hukumatlari Rossiya hokimiyat idoralarini kinorejissyorni ozod qilishga da’vat etib kelmoqda hamda uning qo‘lga olinishi va sudi ortida siyosiy sabablar turganini aytmoqda.

So‘nggi haftalarda Ukraina va Rossiya hukumat vakillari ikkala mamlakat qamoqlaridan barcha ruslar va ukrainlarni o‘zaro ayirboshlash borasida muzokara olib bormoqda.

Moskva bilan Kiev o‘rtasidagi munosabatlar Rossiya Qrimni bosib olgani, Ukraina sharqidagi ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlay boshlagani sabab urush kelib chiqib, 13 ming kishining yostig‘i qurigani ortidan keskinlashib ketdi.

XS
SM
MD
LG