Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:58

OzodDayjest: Toshkentdagi propiska tartibi “avtoritar xarakterdagi tizim” o‘laroq baholandi


Toshkent propiskasi avtoritar tizim asorati deb baholandi. Markaziy davlat idoralarini viloyatlarga ko‘chirish taklif etildi. Ko‘prikdan o‘zini tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

_____________________________________________________________

Adliya vazirligi nashri Toshkentdagi propiska tartibini “avtoritar xarakterdagi tizim” o‘laroq baholadi

“Ko‘p yillardan beri xalqimiz Toshkent shahrida doimiy erkin istiqomat qilishdan mahrum etilgan”, deb yozadi Adliya vazirligi nashri (“Inson va qonun”, 23 iyul). Nashr poytaxtdagi doimiy propiska tartibini avtoritar xarakterdagi tizim, deb atagan. Qayd etilishicha, mamlakat aholisining poytaxtga intilishi hozirgidek davom etsa, Toshkentda aholi soni keskin oshadi, hududlar o‘rtasida narxda katta farqlar yuzaga keladi, inflyatsiya kuchayadi va aholining boshqaruvga nisbatan noroziligi ortadi. Gazetaga ko‘ra, bunday holatning oldini olish uchun vazirlik va davlat muassasalarini hududlar bo‘yicha uyg‘un taqsimlash va oliy ta’lim muassasalarini viloyatlariga ko‘chirish maqsadga muvofiqdir. Ehtimoliy variant sifatida avtosanoat muassasalari va oliy o‘quv yurtlarini Farg‘ona vodiysiga, shou biznes va media sanoatini Samarqandga, sog‘liqni saqlash tashkilotlarini Buxoroga ko‘chirish taklif etilgan.

O‘zbekiston aholisiga ish o‘rni yaratish uchun astronomik miqdorda sarmoya kerakligi aytildi

O‘zbekiston aholisi har yili o‘rtacha 540 ming kishiga ortmoqda, bunday sharoitda esa mehnatga layoqatli aholiga mamlakat ichida ish topib berish imkonsiz (“Oila davrasida”, 25 iyul). Jurnalist Karim Bahrievga ko‘ra, buncha aholiga ish o‘rni yaratish uchun astronomik miqdorda sarmoya kerak va har qadamda zavod, fabrika qurish talab etiladi. Shu bois mamlakatdagi mehnat layoqatli kishilarni xorijga yuborish maqsadga muvofiqdir.

Qayd etilishicha, ayni paytda o‘zbekistonlik 14,6 million iqtisodiy faol aholining har to‘rtinchisi mehnat muhojiridir. 4-6 million atrofidagi migrantlarning 80 foizi Rossiyada ishlaydi. K. Bahrievga ko‘ra, 1916 yilda turkistonliklar Rossiyaga mardikor sifatida majburan olib ketilgan bo‘lsa, bugun mehnat migranti sifatida bormoqda. Muallif ular doim davlat himoyasida bo‘lishi lozimligini eslatgan.

Joniga qasd qilgan ayol mast bo‘lgani haqidagi gap tuhmat bo‘lib chiqdi

Toshkent shahridagi Qo‘yliq dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol haqida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi (“Darakchi”, 25 iyul). Voqea 9 iyul kuni 21:40 larda ro‘y bergan. Milliy gvardiya va patrul-post xizmatchilari o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qolgan. Bektemir tumani 4-ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bekzod Avazxonovga ko‘ra, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol 1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i bilan janjallar sabab hayotini nuqta qo‘ymoqchi bo‘lgan. Shuningdek, IIB vakili ayolning mast bo‘lgani va tibbiy ko‘rikdan keyin ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborilganini ma’lum qilgan. Ammo ayol yashagan mahalla raisi uning mast bo‘lmagani va ruhiy kasalliklar ro‘yxatida turmaganini ta’kidlagan.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova yil boshidan buyon 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilganini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG