Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:20

Ukraina o‘z dengizchilarining qo‘lga olinishiga aloqador rus tankerini qo‘lga oldi


Ukraina Xavfsizlik xizmatiga (SBU) ko‘ra, qo‘lga olingan kemadan Rossiya harbiylari o‘tgan yilning noyabrida Ukraina dengizchilarini qo‘lga olish chog‘ida foydalangan.

SBU 25 iyul kuni Facebookda e’lon qilgan postda yozilishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati hamda Chegara xizmati o‘tgan yilning noyabrida “Neyma” nomi berilgan tanker yordamida “noqonuniy ravishda Kerch bo‘g‘ozida Ukrainaning “Nikopol” va “Berdyansk” kemalari hamda “Yani Kapu” harbiy buksir kemasi harakatiga to‘sqinlik qilgan”, so‘ngra uch kemani va undagi ukrain dengizchilarni qo‘lga olgan.

SRU bildiruviga ko‘ra, nomi “Nika Spirit”ga o‘zgartirilgan rus tankeri Ukrainaning Izmail shahriga kelganidan keyin qo‘lga olingan.

SRU matbuot kotibi Olena Hitlyanska kema ekipaji haqida hali ma’lumot bera olmasligini bildirdi.

Rossiyaning “Interfaks” agentligi o‘z manbasiga tayangan holda kemada 15 nafar rossiyalik bo‘lganini xabar qildi.

Rossiya ombudsmeni Tatyana Moskalkova ekipajga ayblov qo‘yilmay qo‘yib yuborilganini, ular Moskvaga Moldova orqali qaytishlarini bildirdi. Rossiyaning Ukrainadagi elchixonasi matbuot kotibi Denis Golenko ekipaj qo‘yib yuborilganini tasdiqladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hodisani ko‘rib chiqayotganini aytar ekan, Kievni qat’iy javob berishi haqida ogohlantirdi.

Vazirlik e’lon qilgan bildiruvda “Rossiyaliklarni asir olish haqida so‘z ketayotgan bo‘lsa, bu xalqaro qonunchilikning ochiq-oydin buzilishi hisoblanadi va oqibatini tezda ko‘rasiz”, deyiladi.

Bu orada Rossiyada ushlab turilgan dengizchilarni ozodlikka chiqarish bo‘yicha muzokaralarda siljish kuzatilayotgan edi.

Xususan, Ukraina ombudsmeni Lyudmila Denisova dengizchilarni qaytib olish bo‘yicha kelishuvga erishilganini aytgan.

25 may kuni BMT dengiz tribunali Rossiya 24 nafar ukrainalik dengizchi va ularning uch kemasini zudlik bilan ozod qilishi kerakligi haqida qaror chiqargan.

2018 yilning 25 noyabrida Kerch bo‘g‘ozida Rossiya kuchlari chegara buzilganini iddao qilgan holda Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga qarashli uchta kema va ulardagi 24 nafar dengizchini qo‘lga olib, qamab qo‘ygan.

Dengizchilar aybdor deb topilsa, olti yilga qamalishi mumkin.

Ukraina va G‘arb davlatlari Rossiyani Qora dengizni Azov dengiziga bog‘lab turuvchi Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalari harakatini noqonuniy cheklashda ayblab keladi.

Rossiya 2014 yilning martida Ukrainaning Qrim mintaqasini anneksiya qilib olib, Ukraina sharqida rossiyaparast ayirmachilarni qo‘llay boshlagan. Ukraina sharqidagi urush bugunga qadar 13 mingdan ortiq odam umriga zomin bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG