Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:20

Istanbulda o‘zbek mehnat muhojiri yuragidan pichoqlab o‘ldirildi


Nozimjon Ziyoyrv Istanbulga bir yilu uch oy muqaddam borgandi
Nozimjon Ziyoyrv Istanbulga bir yilu uch oy muqaddam borgandi

O‘zbekistonlik 24 yashar mehnat muhojiri Nozimjon Ziyoyev 28 iyul, ertalab soat 6 da Istanbulning Fotih tumani Oqsaroy dahasida noma’lum shaxs tomonidan pichoqlab ketildi.

Yaqinlariga ko‘ra, yuragiga pichoq urilgan Nozimjon Ziyoyev, oradan besh soat o‘tib, Fotih tumanidagi Samatya davlat kasalxonasida vafot etdi.

Istanbul shahar politsiyasi qotilni tutish uchun qidiruv ishlarini boshlagan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi vakili mayyitni vataniga qaytarish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

Sohil bo‘yidagi janjal

Qotillik Nozimjon Ziyoyev tanish qizi va bir hafta muqaddam Toshkentdan kelgan qarindoshi Shuhrat Po‘latov bilan tungi klubdan chiqib, Istanbul shahri, Oqsaroy dahasining Qumkapi mavzeidagi dengiz sohilida sayr etayotgan paytda yuz bergan.

Shuhrat Po‘latovning aytishicha, 10-17 yoshlardagi yetti-sakkiz nafar “uysiz, daydi bolalar”dan biri Nozimjon Ziyoevning smartfonini olib qo‘yadi.

O‘rtada chiqqan janjal paytida bolalarning yoshi kattasi qo‘qqisdan Nozimjonning yuragiga pichoq sanchadi.

- Nozim bir-ikki qadam tashladida yiqilib tushdi. Men o‘sha tomonga qaraganimda, ikki qadam tashlaganini ko‘rdim. Yiqilib tushdi, qoqilib tushdi, deb o‘ylab, yugurib yoniga kelsam , qon kelayapti. Lekin pichoqlab qo‘yganini ko‘rganim yo‘q, dedi hodisa guvohi bo‘lgan Shuhrat Po‘latov.

Sohil bo‘yida sayr qilib yurgan odamlar zudlik bilan politsiya va "Tez yordam"ga qo‘ng‘iroq qiladi.

Yaqinlariga ko‘ra, Nozim Ziyoyev Fotih tumanidagi Samatya davlat kasalxonasiga olib ketiladi, ammo oradan besh soat o‘tib, hushiga kelmay vafot etadi.

Autopsiya hisoboti
Autopsiya hisoboti

Ozodlikning Istanbul morg idorasidan olgan autopsiya hisobotida Nozimjon Ziyoyevning “kesuvchi, teshuvchi uskunadan yaralanish” oqibatida halok bo‘lgani qayd etilgan.

Qotil qidirilmoqda

Shuhrat Po‘latovning aytishicha, Istanbul politsiyasi hodisa guvohlaridan 28 iyul, kunning birinchi yarmida ko‘rsatma olgan, sohil bo‘yidagi kamera yozuvlarini ko‘zdan kechirib chiqqan.

Oqsaroy politsiyasi hodisa yuzasidan tergov ishi qo‘zg‘atilgani, Nozim Ziyoyevni pichoqlagan shaxs qidirilayotganini bildirdi.

Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulligi vakili mayyitni O‘zbekistonga yuborish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Bo‘lib o‘tgan hodisa haqida Nozimjon Ziyoyevning O‘zbekistondagi yaqinlari xabardor etilgan.

Sirdaryo viloyat, Oq oltin tumanida dehqon oilasida ulg‘aygan Nozimjon Ziyoyev bir yilu uch oy muqaddam ish izlab Istanbulga yo‘l olgandi.

Oiladagi besh farzandning kattasi bo‘lgan Nozimjon Ziyoyev uch oydan buyon Istanbulning Oqsaroy dahasida joylashgan mehmonxonalardan biri restoranida ofitsiantlik qilayotgandi.

Istanbuldagi qotilliklar

Nozimjon Ziyoyev Istanbulda oxirgi ikki oy ichida qurolli hujumda halok bo‘lgan uchinchi o‘zbekistonlikdir.

30 may kuni Istanbulning Go‘ztepe mahallasida gilamga o‘ralgan ayol jasadi topilgandi.

31 may kuni esa Istanbulning Chekmekoy mavzesida namanganlik 31 yoshli Odiljon Ahmadjonovich Hamzayev pichoqlab ketilgandi.

Turkiyada qancha o‘zbekistonlik borligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot yo‘q. Ba’zi manbalarda 70 ming o‘zbekistonlik bor deyilsa, ba’zilarida 200 ming nafar borligi aytiladi.

Avvalroq The Diplomat nashri Turkiyada 30 ming nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri borligi, lekin ularning ikki mingga yaqinigina qonuniy ishlayotgani haqida xabar bergandi.

XS
SM
MD
LG