Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:36

OzodBlog: Bosh vazir faqat poytaxtliklarni himoya qiladimi?


Bosh vazir Abdulla Aripov Sergelidagi ko‘p qavatli uy fonida. (Blog muallifi fotokollaji)
Bosh vazir Abdulla Aripov Sergelidagi ko‘p qavatli uy fonida. (Blog muallifi fotokollaji)

E’tiboringizga o‘zbekistonlik bloger Mirzo Subxonov OzodBlog rukniga taqdim etgan blogni havola qilayapmiz. Tahrirsiz berilayotgan matnning imlo va stilistikasi saqlab qolindi. Blogga ilova qilingan foto va hujjatlar fotolari muallifniki.

***

Bosh vazir faqat poytaxtliklarni himoya qiladimi yoki Nima uchun viloyatlardagi "arzon uylar" poytaxtnikidan qimmat?

Yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 23 oktabrdagi «2018-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturi» to‘g‘risidagi qarorining dastlabki bahosidan kelib chiqib, arzon uylarning bir kvadrat metr narxi 2 756 400,00 so‘m etib belgilangan edi.

Ammo, arzon uylar bitqazilishi arafasida qurilishga mas’ul yagona buyurtmachi «O‘zshaharqurilishinvest» MChJ valyutaning oshishi, imtiyozli narxlarda ajratilgan sement va metall mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish tartibi joriy etilganligi, oylik ish haqi miqdorlari o‘rtacha oshganligi, gaz, elektr energiyalar narxlarining ko‘tarilganini sabab qilib uy-joylar narxini 4 338 967,00 so‘m yoki 55%gacha keskin oshirishga qaror qildi:

Shunga javoban, Toshkent shahri Sergeli tumanidan arzon uy uchun kredit olgan aholi narxlarning keskin oshishiga norozilik bildiradi va 9 aprel kuni qariyb 60 kishi bo‘lib Prezident devoniga shikoyat qilib boradi. Ikki kun o‘tib, 11 aprel kuni Sergeli tumani hokimiyati binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida norozi fuqarolar qabuli tashkil etildi va narxlarni maksimal darajada kamaytirilishi, hamda xonadonlar sifatini to‘liq qayta ko‘rib chiqishga kelishib olingan edi.

Oradan bir oy o‘tib Toshkent shahri Sergeli tumanidagi uy-joylar narxi 3 253 000,00 so‘mgacha tushirildi, ammo viloyatlardagi uy joylar narxi kamaytirilmadi. Bugunga kelib viloyatlardagi «arzon uylar» narxi 3 500 000,00 so‘mdan boshlanadi va bu Sergelidagi uylar narxidan 8%ga qimmat, vaholanki viloyatlardagi o‘rtacha ish haqi miqdori poytaxtliklar ish haqisidan rasman naqd ikki baravarga kam.

Yagona buyurtmachi «O‘zshaharqurilishinvest» MChJning 30.07.2019yil №01/2469-sonli javob xatiga asosan Bosh vazir Abdulla Aripovning 2019 yil 14 maydagi topshirig‘i «fakat Sergeli tumanida qurilgan uy-joylarga tegishli» ekanligi alohida aytib o‘tildi:

Mustaqil O‘zbekistonimiz poytaxt Toshkent shahridan tashqari yana 12 viloyat va Qoraqalpog‘iston respublikasidan tashkil topgan. Shunga asosan Bosh vazir Abdulla Aripovdan O‘zbekiston fuqarolarini ajratib arzon uy-joylar narxini faqat Sergeli aholisi uchun kamaytirish emas, balki respublika doirasida hamma aholi uchun maqbul yagona narx belgilash bo‘yicha topshiriq berishlarini so‘rab murojaat etamiz.

Mirzo Subxanov

XS
SM
MD
LG