Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:59

Imon Karimova onasi ustidan navbatdagi sud boshlanayotganini ma’lum qildi


Imon Karimova sahifasi
Imon Karimova sahifasi

Imon Karimova Instagram messenjeridagi Iman.k17 sahifasida 1 avgustda e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, Zangiota ayollar qamoqxonasida qamoq jazosini o‘tayotgan Gulnora Karimova ustidan 2 avgustda “yana bir nolegal sud rejalashtirilmoqda”.

Imon Karimova bu xabarni “hukumat va prokuraturadagi o‘z manbalari”ga tayanib xabar bergan.

Biroq, Imon Karimova onasiga nisbatan qanday ayblov ilgari surilayotgani haqida hech narsa demagan.

Bu sud, Imon Karimovaning ta’kidlashicha, onasiga nisbatan “xalqaro me’yorlar va qonunlarga xilof ravishda uni jismonan yo‘q qilish uchun bosim qo‘llashda davom etishlarini yana bir bir isbotlaydi”.

To‘satdan yasalgan soxta ayblovlar onamga qancha ko‘p qo‘shilsa, hukumat va boshqa tizimlarning uning qonunan ozod etilishi va u guvoh bo‘lgan narsalardan qo‘rquvi yaqqollashib boraveradi,” deb yozadi Imon Karimova.

Imon Karimova, shuningdek, shveysariyalik advokat onasi bilan bir necha bor uchrashishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rganini eslatgan.

Iyul oyi boshida Imon Karimova onasining qamoqxonadagi ahvolining kun sayin og‘irlashayotganini iddao qilgandi.

Shundan so‘ng Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan Zangiotadagi 21 -ayollar qamoqxonasida tekshiruv o‘tkazilgani, ammo Karimovaning salomatligiga oid iddaolar tasdiqlanmaganini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG