Линклар

Шошилинч хабар
24 август 2019, Тошкент вақти: 04:50

Murod Muhammad Do‘st bilan suhbat chop qilgan nufuzli adabiy gazeta muharriri ishdan olindi


Murod Muhammad Do‘st

O‘zbekistondagi eng nufuzli nashrlardan biri - "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasining bosh muharriri O‘ktam Mirzayor 1- avgust kuni ishdan olindi.

Bu ma’lumotni tarqatgan Minbar.uz nashri manbasiga ko‘ra, O‘ktam Mirzayor gazetaning oxirgi sonida taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do‘st bilan suhbatni chop qilgani uchun lavozimidan bo‘shatilgan.

O‘ktam Mirzayor "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi bosh muharrirligiga 2018 yilning aprelida tayinlangandi.

Ungacha "Hurriyat" gazetasida bosh muharrir vazifasini bajargan.

Murod Muhammad Do‘st bilan bo‘lgan suhbatda adib Islom Karimov davrini eslagan, o‘zining amaldorlik yillarida qilgan ishlarini so‘zlab bergan.

Minbar.uz nashrida yozilishicha, muharrirning ishdan olinishiga Murod Muhammad Do‘stning yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘lgan sitilar haqidagi maqolasi sabab bo‘lishi ham mumkin.

"Sanoqsiz sitilar, yilda bir marta majlis o‘tadigan hashamatli binolar, zo‘rlab tiqishtirilayotgan turli "namunali" uylar, boylarga atalgan, lekin haligacha xaridor topilmay bo‘m-bo‘sh turgan qasrnamo uylar uzra buyuk bir pufak shishib kelmoqdaki, bir-ikki yil ichida paq etib yorilib ketishi muqarrar. Pufakni va shu bahona hamyonni shishirayotgan muttahamlar chetga qochadi, aldangan el qoladi, bo‘g‘zigacha qarzga botgan mamlakat qoladi. Keyin nima bo‘lishini o‘ylashga yuragim betlamaydi", – deya ëzgandi Murod Muhammad Do‘st.

Murod Muhammad Do‘stga qarshi informatsion kampaniyaga Kanadada yashovchi jurnalist Ismat Xushev va "Nuroniy" jamg‘armasi mulozimi, publitsist Sharof Ubaydullaev ham qo‘shilgan.

Joriy yilning 20 iyun kuni yana bir boshqa nashr¸ "Adabiyot gazetasi"ning joriy yil may oyidagi sonini o‘rganib chiqqan O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Murod Muhammad Do‘st bilan suhbatni “jamiyat ongiga salbiy ta’sir qiladi” deya taqdimnoma kiritgan edi.

XS
SM
MD
LG