Линклар

Шошилинч хабар
25 август 2019, Тошкент вақти: 20:43

Moskvada politsiya uch yuzdan ziyod namoyishchini hibsga oldi


Muxolifat faoli Sobolning ushlab ketilishi

Politsiya bir yetakchi siyosiy faol va 300 dan ziyod norozilik namoyishchisini hibsga oldi.

Bir hafta oldin Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan shunga o‘xshash tadbir vaqtida politsiya qo‘llagan qattiq choralar oqibatida 1300 dan oshiq namoyishchi qo‘lga olingan edi.

Hukumat Moskvada erkin saylov o‘tkazilishi talab qilingan norozilik namoyishi chog‘ida “ig‘voga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rish” haqida ogohlantirgan va politsiya maxsus qo‘shinlarini shaharga joylashtirgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, 300 dan ziyod kishi hibsga olingan.

Oldinroq mashhur muxolifat yrtakchisi Lyubovь Sobol ish joyidan chiqib ketgani uchun ushlanib, politsiya furgoniga olib borilgan edi.

Sentabr oyida Moskva shahar Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovda qatnashish uchun bir qancha muxolifat nomzodi ro‘yxatga olinmagandan so‘ng iyul oyida poytaxtda bir necha norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgan edi.

Bir necha nomzod ta’qib, hibs va uy tintuviga uchradi.

Muxolifat vakillari hukumatni namoyishchilar bilan to‘qnashuvlar uyushtirishga urinayotganlikda shahar markazidagi korxonalarni bir kun ishlamay turishga yoki xavfsizlik choralarini o‘zlari ko‘rishga chaqirdi.

Rossiyalik muxbir va sharhlovchi Sergey Parxomenko, “Rossiya hukumati hozircha saylovni halol tashkil qilishga qodir emas... Uning kuch ishlatishdan boshqa iloji yo‘q”, deb aytdi.

Moskva sudi 2 avgustda 4 nafar faolni 27 iyuldagi ruxsat etilmagan namoyishda qatnashgani uchun sentabr oyi oxirigacha tergov izolyatorida ushlab turish haqida qaror chiqardi.

Ikki kishi politsiyaga hujum qilganlikda ayblanmoqda.

Moskva shahar dumasiga saylovda qatnashish uchun ro‘yxatga olinmagan muxolif va mustaqil nomzodlar 3 avgustda Moskva bulьvari bo‘ylab norozilik yurishini rejalashtirgan edi.

Moskva shahar dumasiga saylanadigan 45 deputatning ancha vakolati bo‘lib, ular qonun loyihalarini taklif etishi, 43 milliard dollarlik byudjet qanday sarflanayotganini tekshirib turishi mumkin.

Shahar meri idorasi 3 avgustdagi namoyish arafasida 10 va 11 avgustda Saxarov shohko‘chasida 2 marta 100 ming kishilik namoyish o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

Moskva shahar xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Vasiliy Oleynik deputatlikka ro‘yxatga olinmagan Denis Shenderovichni ikkala tadbirning ham tashkilotchisi deb atadi.

Muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy 27 iyuldagi ruxsat etilmagan namoyishga da’vat qilgani uchun undan bir kun oldin hibsga olinib, 30 kunga hibs etilgan edi.

U 28 iyul kungi kuchli allergiya reaksiyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, ammo advokati bilan shaxsiy vrachi Navalniy zaharlangan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Davlat kasalxonasi vakili 31 iyulda uning tekshiruv natijalari zaharlanmaganini ko‘rsatganini xabir qildi.

Human Rights Watch boshqa tashkilotlar qatorida rasmiy Moskvani 27 iyuldagi norozilik namoyishi ishtirokchilariga nisbatan keragidan ortiqcha kuch ishlatishda ayblamoqda.

Hukumatning kuchli qurolli javobi rossiyaliklarga odamlar ko‘chaga erkin va odil saylov o‘tkazishni qanchalik tinch talab qilib chiqmasin, baribir buning oqibati yaxshi bo‘lmasligidan ogohlantirish bo‘ldi, ‒ dedi Human Rights Watch tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo boshqarmasi direktori Hyu Uilliamson 29 iyulda tarqatgan bayonotida.

XS
SM
MD
LG